O‘zbekistonlik o‘quvchilar shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida ikkita medal qo‘lga kiritdi

© IA "Dunyo"O‘zbekistonlik o‘quvchilar shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida ikkita medal qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonlik o‘quvchilar shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida ikkita medal qo‘lga kiritdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2023
Obuna bo‘lish
Ikrom Haydarov boshchiligidagi o‘zbekistonlik o‘quvchilar yakunda bitta kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Joriy yilning 3-8 avgust kunlari Qozog‘istonning Mang‘istau viloyati Aqtau shahrida maktab jamoalari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
Ushbu dunyo birinchiligida Navoiy viloyati, Xatirchi tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilaridan tashkil topgan jamoa O‘zbekiston sharafini himoya qildi. Chempionatda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan 400 nafar yosh aql gimnastikachilari dona surdi.
Ikrom Haydarov boshchiligidagi o‘zbekistonlik o‘quvchilar yakunda bitta kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Xususan, 18 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasidagi bashlarda Islombek Xolmamatov yakunda bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Qizlar o‘rtasidagi bahslarda ishtirok etgan Zilola Aktamova esa hal qiluvchi partiyada mag‘lubiyatga uchradi va yakunda kumush medal bilan taqdirlandi.
Jamoalar kesimida esa O‘zbekiston shaxmatchilari 53 ta davlat jamoalari orasida 4-o‘rinni egalladi. Shuningdek, 18 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar orasida 10 ta eng yaxshi natija ko‘rsatgan jamoa sifatida qayd etildi.
“World Schools Team Championship”ning 18 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasidagi bosh sovrini Turkiya o‘quvchilariga nasib etdi. Ikkinchi o‘rinni Qozog‘iston, uchinchi o‘rinni esa Hindiston jamoalari egalladi.
Yangiliklar lentasi
0