O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari taktik o‘quvlar o‘tkazmoqda – foto

Obuna bo‘lish
O‘quvlar doirasida harbiy xizmatchilar majmuaviy-taktik hamda uzoq masofaga yurish mashqi, jismoniy tayyorgarlik, taktik-tibbiy tayyorgarlik sinovlaridan o‘tadi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Qozog‘istonning “Oymasha” poligonida O‘zbekiston-Qozog‘iston Mudofaa vazirliklarining hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quvi boshlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi axborot xizmati.
Ta’kidlanishicha, bugun dunyoda kechayotgan qurolli to‘qnashuvlar qo‘shinlarda jang olib borishning zamonaviy usul va uslublarini amaliyotda keng qo‘llash, boshqa davlatlar armiyasi bilan tajriba almashish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli keskin vaziyatlarga doimo shay turish, eng so‘nggi texnologiyalar yordamida ko‘nikmalarni muntazam oshirib borishni taqazo etmoqda.
“Mazkur hamkorlikdagi taktik o‘quvda ham boshqa davlatlar armiyasi bilan tajriba almashish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli keskin vaziyatlarga doimo shay turish, eng so‘nggi texnologiyalar yordamida harbiy xizmatchilar ko‘nikmalarini muntazam oshirishga alohida e’tibor qaratilyapti”, - deyilgan xabarda.
O‘quvlar doirasida harbiy xizmatchilar majmuaviy-taktik hamda uzoq masofaga yurish mashqi, jismoniy tayyorgarlik, 45 kilometr masofaga to‘liq jangovar holatni qabul qilgan holatda yugurish, taktik-tibbiy tayyorgarlik sinovlaridan o‘tadi.
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Voyennie Uzbekistana i Kazaxstana provodat sovmestnie ucheniya  - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Voyennie Uzbekistana i Kazaxstana provodat sovmestnie ucheniya  - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Voyennie Uzbekistana i Kazaxstana provodat sovmestnie ucheniya  - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Voyennie Uzbekistana i Kazaxstana provodat sovmestnie ucheniya  - Sputnik O‘zbekiston
4/4
Eslatib o‘tamiz, may oyida Toshkent harbiy okrugining "Angren" dala o‘quv maydonida O‘zbekiston va Qozog‘iston Qurolli kuchlari maxsus bo‘linmalarining hamkorligidagi "Qalqon-2023" maxsus-taktik o‘quvlari bo‘lib o‘tgan edi.
Yangiliklar lentasi
0