Bugun o‘zbekistonlik futzalchilar Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaFutzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2023
Obuna bo‘lish
Minskdagi “Uruche” sport saroyida O‘zbekiston–Rossiya o‘yini o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Bugun o‘zbekistonlik futzalchilar Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi, deya xabar berdi Futbol Assotsiatsiyasi.
Belarusda II MDH o‘yinlari davom etmoqda. Bugun Minskdagi “Uruche” sport saroyida Qirg‘iziston–Ozarbayjon, O‘zbekiston–Rossiya o‘yinlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shunday qilib, Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da O‘zbekiston–Rossiya o‘yini bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, bugun musobaqa ishtirokchilari boks, voleybol, gandbol, yengil atletika, sohil futboli, o‘q otish, og‘ir atletika kabi sport turlari bo‘yicha bahs olib borishadi.
II MDH o‘yinlarida medallar xajmi bo‘yicha O‘zbekiston 3-o‘rinda ketmoqda. Hozirga qadar, sportchilar 7 ta oltin, 11 ta kumush va 14 ta bronza medalini qo‘lga kiritishga ulgurishdi. O‘zbekistonda umumiy hisobda 33 ta medal bor. Musobaqada eng ko‘p medallarga rossiyalik sportchilar (104) ega chiqishdi. Belarus jamoalari esa 72 ta medal bilan ikki o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, MDH o‘yinlari 4-14 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar Belarusning 11 ta shahrida sportning 21 turi bo‘yicha o‘tkaziladi. MDH o‘yinlarida 3 mingga yaqin sportchi, murabbiylar, hakamlar, tibbiyot xodimlari va boshqalar ishtirok etmoqda. O‘yinlarda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston sport delegatsiyalari ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0