Kirish imtihonlarining 6 kun natijalari e’lon qilindi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovKirish imtihonlari
Kirish imtihonlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2023
Obuna bo‘lish
Abituriyentlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 6-avgust kuni o‘tkazilgan kirish test sinovi natijalarini 3 xil usulda bilib olishlari mumkin.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Kirish imtihonlarining oltinchi kun natijalari e’lon qilindi, deya xabar berdi Bilimni baholash agentligi.
Aytilishicha, 6-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:
my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot
Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar soni 948 486 nafarni tashkil etdi. Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va imtihonlar o‘tkaziladigan binolarning sig‘imiga qarab 11 kundan 13 kungacha davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0