Janubiy Osetiyada 2008-yilda halok bo‘lgan Rossiya tinchlikparvarlari xotirasi yodga olindi

Obuna bo‘lish
2008 yil 8-avgustga o‘tar kechasi Gruziya Janubiy Osetiyaga qurolli hujum uyushtirgan edi. Besh kun davom etgan jangovar to‘qnashuvlar oqibatida mingdan ziyod kishi halok bo‘ldi, shulardan 72 nafari rosssiyalik harbiylar
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Janubiy Osetiyada 2008-yilda Rossiya tinchlikparvar kuchlari bataloni joylashgan joyda hududda xotirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Sxinvalda 2008-yil avgustida birinchilardan bo‘lib Gruziya armiyasining zarbasiga duchor bo‘lgan Rossiya tinchlikparvar kuchlari haykali poyiga gullar qo‘yildi. Ular bo‘lgan bino kuyib kul bo‘lgan edi, deb xabar bermoqda Sputnik Janubiy Osetiya.
Xotira marosimi harbiy orkestr sadolari ostida bo‘lib o‘tdi. Unda Janubiy Osetiya prezidenti Alan Gagloyev, Rossiya elchisi Marat Kulaxmetov, Abxaziya elchisi Alan Yelbakiyev, sobiq prezidetlar Lyudvig Chibirib va Leonid Tililov hamda hukumat a’zolari, deputatlar, harbiylar ishtirok etishdi.
2008 yil 8-avgustga o‘tar kechasi Gruziya Janubiy Osetiyaga qurolli hujum uyushtirdi. Rossiya o‘sha payt ko‘pchiligini Rossiya fuqaroligini qabul qilgan respublika fuqarolari va mintaqada 1992-yildan buyon bo‘lgan tinchlikparvar kuchlarini himoya qildi. Besh kun davom etgan jangovar to‘qnashuvlar oqibatida mingdan ziyod kishi halok bo‘ldi, shulardan 72 nafari rosssiyalik harbiylar. Rossiya Gruziya harbiylarini mintaqadan siqib chiqardi. 2008-yil 26-avgust kuni Rossiya Janubiy Osetiya va Abxaziya mustaqilligini tan oldi.
Yangiliklar lentasi
0