Interpol qidiruvida bo‘lgan o‘zbekistonlik Misrdan ekstraditsiya qilindi

© Press-slujba MVD UzbekistanaInterpol qidiruviga berilgan o‘zbekistonlik Misrdan ekstraditsiya qilindi
Interpol qidiruviga berilgan o‘zbekistonlik Misrdan ekstraditsiya qilindi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2023
Obuna bo‘lish
Hibsga olish va ekstraditsiya qilish ilk bor ikki davlat Interpol burosi orqali amalga oshirildi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Diniy ekstremizmni targ‘ib qilishda gumon qilingan O‘zbekiston fuqarosi Misrdan vataniga ekstraditsiya qilindi. Hibsga olish va ekstraditsiya qilish ilk bor ikki davlat Interpol burosi orqali amalga oshirildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, gumonlanuvchi Misrdagi oliy o‘quv yurtlaridan birida o‘qib yurib, taqiqlangan diniy ekstremistik oqimlardan biriga qo‘shilib, ushbu mamlakatda tahsil olayotgan vatandosh talabalar o‘rtasida tashviqot ishlarini olib borganidan keyin qidiruvga berilgan.
“Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida jinoyatchi qo‘lga olinib, Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi”, — deyiladi IIV saytida.
Qayd etilishicha, endilikda u sodir etgan jinoyati uchun javob berishiga to‘g‘ri keladi.
Yangiliklar lentasi
0