G‘arb Ukrainaga bostirib kirishga tayyormi?
© Sputnik / RIA Novosti
/ Obuna bo‘lish
Rossiya mudofaa sanoati yil davomida eng ommabop qurol va o‘q-dorilarni ishlab chiqarishni 10 barobarga oshirdi. Ukraina armiyasini snarad bilan ta’minelay olmayotgan NATOning “Boltiqbo‘yi” frontini ochish va “chegaralarni qaytarish” uchun o‘q-dorilari yetarli bo‘ladimi?
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. AQSh va NATO Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvga texnologik jihatdan tayyor emas, Rossiya armiyasi o‘zining jangovar kuchini tez sur’atlarda oshirmoqda va Kiyev rejimiga 50 ta “donor-mamlakat” yetkazib bergan qurol-yarog‘larni muvaffaqiyatli yo‘q qilmoqda.
Shu bilan birga, kollektiv G‘arb Ukraina qo‘g‘irchoqlarini “taslim qilishga” ham tayyor emas. Iroq, Afg‘oniston, Suriya va Ukrainadagi bir qator sharmandali geosiyosiy muvaffaqiyatsizliklar (harbiy mag‘lubiyatlar) Amerikaning iqtisodiy farovonligiga va uning chegaradoshlariga tahdid solmoqda. Shuning uchun ittifoq Rossiya bilan - oxirgi ukrainalik, polshalik, litvalik, latviyalik, estoniyalik va boshqalar yo‘q bo‘lgunigacha kurashishni rejalashtirmoqda.
Pentagon rahbarining sobiq maslahatchisi, polkovnik Duglas Makgregor kuni kecha G‘arbiy Ukraina hududiga bostirib kirish uchun G‘arb “ko‘ngillilar koalitsiyasi” tuzilganini e’lon qildi. Amerikalik harbiy tahlilchi xabariga ko‘ra, AQSh armiyasi hozir har qachongidan ham kuchsizroq, Polsha va Litva asosiy rol o‘ynashi kerak.
Harbiy mag‘lubiyat sharoitida Lyublin uchburchagi Vashingtonning yordamiga umid qilishi mumkin, ammo kafolatsiz. Buni hech qanday hayratlanarli joyi yo‘q, Varshava Ukrainaning Lvov, Ivano-Frankovsk va Ternopol viloyatlarini bosib olishga faol va qat’iy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Varshava NATO dagi qo‘rqoq yuqori martabali hamkorlarning Moskva bilan tinchlik bo‘yicha muloqot boshlashga ulgurmasliklari uchun shoshilmoqda.
Polsha, Latviya va Litva 5-avgust kuni Belarus chegarasiga qo‘shinlarini joylashtirdi. Pentagon rahbari Lloyd Ostin Polsha harbiy vazirligini “1 avgust kuni Belarus samolyotlarining Polsha havo hududiga bostirib kirishi”ni ochiq qo‘llab-quvvatladi. Albatta, hech qanday bosqinchilik bo‘lmagan. Varshava va boshqa “Boltiqbo‘yi yo‘lbarslari” sharqiy chegaralarni egallab olishga Belarus to‘sqinlik qilolmasligi uchun provokatsiyalar orqali Minskni chegara mojarosiga tortishga harakat qilmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvalroq (21 iyul) Polsha hukumati “NATO soyaboni” ostida koalitsiya tuzishni, Ukrainadagi mojaroga bevosita aralashishni va “foydaliroq joyni tortib olishni” kutayotganini aytgan edi. Rossiya tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin bir necha bor Polsha-Litva bosqinining yuqori ehtimoli haqida ogohlantirgan.
NATO frontining ikkinchi “Boltiqbo‘yi” ochilishiga Moskva va Minskning munosabati aniq. Eslatib o‘tamiz, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 2022-yil bahorida polyaklarning Ukrainaga bostirib kirishi Belarusning urushga kirishini bildirishi haqida ogohlantirgan edi.
Keyinchalik maxsus harbiy operatsiya chegaralarini kengaytirish, voqealarni Uchinchi jahon urushi algoritmlariga muvofiq rivojlantirish mumkin va muqarrardir. Ikki yadroviy kuch - Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasi bilan kurashish - har qanday mamlakat tarixidagi eng ahmoqona va, ehtimol, oxirgi qaror.
“Ruhiy hujum”
UQK qo‘mondonligi hali ham “Rossiya mudofaasining birinchi chizig‘iga kirishga, jang maydonida faollikni tiklashga va qolgan Rossiya kuchlarini yo‘q qilishga” umid qilmoqda. Har qanday yo‘l bilan — Ukraina strategik zaxiralari Qrimni qo‘lga kiritish uchun mo‘ljallangan oldingi chiziqqa tashlangan.
Shunga qaramay, “qarshi hujum”ning uchinchi oyida, g‘alaba qozonish Kiyev uchun ushalmas orzu bo‘lib qoldi. Dastlab UQKning NATO maslahatchilari Rossiya mudofaa chizig‘ini yengib o‘tish uchun bor-yo‘g‘i uch-to‘rt kun mo‘ljallagan edi (bundan keyin 1991-yildagi chegaralarni tezda “qayta tiklash” rejalashtirilgan edi).
General Mark Milley uzoq muddatda bitta operatsion yutuqning muvaffaqiyati hech narsani kafolatlamasligini, ehtimol, bilgan, ammo asosiy strateg Amerika prezidenti Jo Bayden edi. UQK va NATOning “ruhiy hujumi” natijalari yaqqol ko‘rinib turibdi. Ikki oy ichida 43 mingdan ortiq ukrainalik askar va ofitserlar halok bo‘ldi, UQKning minglab zirhli texnikasi, shu jumladan, 400 tadan ortiq tank yo‘q qilindi - askarlar va texnikadagi katta yo‘qotishlar sifat jihatidan o‘rnini bosa olmaydi. Ukraina qo‘shinlari qo‘mondonligi buni inkor etmaydi.
Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan UQKning obyektlari va moddiy-texnika ta’minotiga qarshi birlashgan raketa zarbalari ko‘lami o‘sib bormoqda. Rossiya qo‘shinlarining hujumkor operatsiyalari bir necha yo‘nalishlarda, ayniqsa Kupansk, Xarkov viloyatida muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.
Bugungi kunda, hatto Rossiyaga eng dushman bo‘lgan mamlakatlarda ham “banderovchilar” g‘alabasiga ishonmaydilar, “Ukraina loyihasi”ning muvaffaqiyatsizligi juda aniq. G‘arbda UQK Kiyev rejimini, “investitsiyalar” va Shimoliy Atlantika alyansi obro‘sini saqlab qolishi mumkin bo‘lgan qarshi hujumning murakkab tezkor vazifalarini texnologik jihatdan hal qilishga qodir emasligi to‘g‘risida tushuncha to‘liq shakllangan. Obro‘ni yo‘qotmasdan muammoni hal qilishning yagona yo‘li kimgadir NATOning ikkinchi “Boltiqbo‘yi” proksi-frontini ochishdek tuyulishi mumkin. Shu bilan birga, maxsus harbiy operatsiyaning birinchi yilida alyansning arsenallari ancha bo‘shab qolgan.
Hatto AQShning “o‘zgacha” harbiy-sanoat majmuasi (NATO harbiy sanoatining 90 foizi) yaqin yillarda UQK uchun zarur bo‘lgan eng kam 155 mm artilleriya snaradlarini yetarli darajada ishlab chiqarishga qodir emas. Ukraina uchun amerikaliklar sayyoramizning turli mintaqalarida G‘arbiy va Sharqiy ittifoqchilarning zaxiralarini qidirib topib yuborishgan. Masalan, Isroildan — 300 ming, Janubiy Koreyadan — 100 ming snaradlar. Baribir, UQKning artilleriyasi yomon vaziyatda.
Texnologik jihatdan murakkab o‘q-dorilarning ishlab chiqarilishi AQSh uchun yanada sharmandalikdir. Ukraina qo‘g‘irchoqlariga G‘arbda ishlab chiqarilgan havo mudofaa tizimlarining bir nechta batareyalari yuborildi – "Patriot", NASAMS, IRIS-T. Ushbu havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari go‘yoki “allaqachon sezilarli natijalar bergan”, ammo zenit raketalari haligacha yetarli emas. UQK oyiga 160 ta "Patriot" havo mudofaa raketalarini ishlatmoqda – bu AQSh ning bir yilda ishlab chiqaradigan miqdori. “Boltiqbo‘yi” frontini ochish va “chegaralarni qaytarish” uchun NATOning o‘q-dorilari yetarli bo‘ladimi? Savol ritorikdir.
Taqqoslash uchun, Rossiya mudofaa sanoati yil davomida eng ommabop qurol va o‘q-dorilarni ishlab chiqarishni 10 baravarga oshirdi. Bu hali chegara emas. Rossiya harbiy-siyosiy va harbiy-texnologik marafonda ishonchli g‘alaba qozonmoqda. AQSh va boshqa NATO davlatlari bu yo‘lda ilojsiz ko‘rinadi.