Dunyo bo‘ylab ochlikdan aziyat chekayotganlar soni eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi — BMT

© AP Photo / John LocherAQShdagi CES 2023 elektronika va texnologiyalar ko‘rgazmasida odamlar.
AQShdagi CES 2023 elektronika va texnologiyalar ko‘rgazmasida odamlar. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2023
Obuna bo‘lish
BMT: hozirgi kunda yana 35 million kishi ochlik yoqasida.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Dunyo bo‘ylab chorak milliard odam ochlikdan aziyat chekmoqda. Bu haqda “Dunyo” AA Birlashgan Millatlar tashkilotiga (BMT) tayanib xabar berdi.
BMTning Ochlikning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha koordinatori Rina Gelanining so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili dunyoda ochlikdan aziyat chekayotganlar soni chorak milliard kishiga yetdi va bu so‘nggi vaqtlardagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda yana 35 million kishi ochlik yoqasida.
BMT koordinatori Rina Gelani, BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida mojarolarga asoslangan ochlik, iqlim o‘zgarishi va iqtisodiy zarbalarning "toksik birikmasi" bilan kuchayib borayotganini ta’kidladi.
Iqlim o‘zgarishi tinchlik va xavfsizlikka mavjud tahdidlarni kuchaytirmoqda.

“Iqlim o‘zgarishiga eng zaif bo‘lgan o‘nta mamlakatdan yettitasi allaqachon mojarolardan aziyat chekayapti. Ulardan oltitasi BMTning tinchlikparvar yoki maxsus siyosiy missiyasiga ega. To‘rttasida milliondan ortiq odam ochlik yoqasida”, - deyiladi BMT xabarida.

BMT koordinatori, mavjud erta ogohlantirish mexanizmlaridan samaraliroq foydalanishni ta’minlash hamda mojarolarning aholining eng zaif qatlamlariga ta’sirini yumshatish yo‘llarini izlashga "dadil va ijodiy" yondashish zarur deb hisoblaydi.
Bundan tashqari, aholini himoya qilishda ayollar va qizlar sa’y-harakatlar markazida bo‘lishi kerak. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, mahalliy ayollarni tinchlik o‘rnatish jarayoniga jalb qilish zo‘ravonlikka barham berish ehtimolini 24 foizga oshiradi.
Rina Gelani, shunindek, millionlab odamlarning hayoti bog‘liq bo‘lgan gumanitar loyihalarni yetarli darajada moliyalashtirishni yo‘lga qo‘yish zarurligini ham bildirgan.
Yangiliklar lentasi
0