Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi o‘zgardi

© Xokimiyat Andijanskoy oblastiAlisher Xalilov
Alisher Xalilov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2023
Obuna bo‘lish
Tumanning yangi hokimi tayinlovga qadar Andijon viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumaniga yangi hokim tayinlandi, deya xabar berdi viloyat hokimligi.
Xalq deputatlari Qo‘rg‘ontepa tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimiga Alisher Xalilov nomzodi tasdiqladi.
Alisher Xalilov 1984-yilda Qo‘rg‘ontepa tumanining Dardoq qishlog‘ida tug‘ilgan. 2004-yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini, 2014-yilda prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi oliy maktabni tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida bir necha sanoat korxonalarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Andijon viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Yangiliklar lentasi
0