Vnukovoda ikki kilogramli oltin zanjir bilan chiqib ketmoqchi bo‘lga fuqaro qo‘lga olindi

© FTS RossiiZolotaya sepochka vesom v 2 kg
Zolotaya sepochka vesom v 2 kg - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2023
Obuna bo‘lish
Bojxonachilar umumiy qiymati to‘qqiz million rubl bo‘lgan oltinni Turkiyaga olib chiqib ketayotgan Armaniston fuqarosini qo‘lga olishdi.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Vnukovo aeroportida bojxonachilar bo‘yniga ikki kilogrammli tilla zanjir bilan xorijga chiqib ketmoqchi bo‘lgan Armaniston fuqarosini qo‘lga olishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Federal bojxona xizmati matbuot xizmati xabariga asosan.

“Vnukovo bojxona boshqarmasi xodimlari Turkiyaga uchib ketayotgan 32 yoshli Armaniston fuqarosini qo‘lga olishdi. U vazni ikki kilogramm bo‘lgan tilla zanjir bilan Turkiyaga chiqib ketmoqchi bo‘lgan”, — deyiladi xabarida.

Bojxona xodimlarining ta’kidlashicha, yashil yo‘lakdan o‘tish vaqtida ob-havoga mos kelmaydigan kiyim kiygan erkak juda xavotirga tushgan. Keyinroq u inspektorlarga “sariq metall zanjir”ni ko‘rsatib, uning narxi 50 ming rubl ekanligini aytgan. Lekin ekspertizada aniqlanishiga ko‘ra, zanjir 999chi probali oltinidan yasalgan bo‘lib, uning narxi taxminan to‘qqiz million rublni tashkil qiladi.
Kontrabanda qilinmoqchi bo‘lgan tovar olib qo‘yilgan. FTS qo‘shimcha qilishicha, strategik ahamiyatga ega tovarlar va resurslarni kontrabanda qilish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bunday jinoyat uchun eng katta jazo 7-yilgacha ozodlikdan mahrum qilishdir.
Yangiliklar lentasi
0