https://oz.sputniknews.uz/20230807/tojikiston-yuk-mashinasi-yth-37649436.html
Tojikistonda yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda 10 kishi halok bo‘ldi
Tojikistonda yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda 10 kishi halok bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston janubidagi Ko‘lob shahrida kecha tunda tormoz tizimi ishlamay qolgan yuk mashinasi avtohalokatga sabab bo‘lishi oqibatida o‘n kishi halok bo‘ldi, yana 14 kishi jarohatlandi.
2023-08-07T16:12+0500
2023-08-07T16:12+0500
2023-08-07T16:41+0500
tojikiston
avtohalokat
baxtsiz hodisa
dunyo yangiliklari
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/07/37649193_0:113:1200:788_1920x0_80_0_0_74adecec9606735a7cd340916c179711.jpg
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Tojikiston janubidagi Ko‘lob shahrida kecha tunda tormoz tizimi ishlamay qolgan yuk mashinasi avtohalokatga sabab bo‘lishi oqibatida o‘n kishi halok bo‘ldi, yana 14 kishi jarohatlandi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qo‘mitasi matbuot kotibi Umeda Yusufiy RIA Novostiga ma’lum qildi.Avtohalokat Dushanbe-Ko‘lob-Xorug‘ trassasida sodir bo‘lgan, “Somoni” bozori yaqinida “Dulan” yuk mashinasi bir nechta mashinani urib, uylarga borib urilgan.“Kecha tunda Ko‘lobda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida 10 kishi halok bo‘ldi, yana 14 kishi turli og‘irlikdagi jarohatlar oldi va shahar kasalxonasiga yotqizildi”, — ma’lum qildi Yusufiy.IIV xabariga ko‘ra, pastlikka qarab harakatlanayotgan yuk mashinasining tormoz tizimi ishlamay qolgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon topshirig‘i bilan voqea joyiga Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarlari, Xatlon viloyati raisi va boshqa mas’ul shaxslar yuborilgan.
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/07/37649193_0:0:1200:900_1920x0_80_0_0_affd7c1ce9f6002dc7e8bdefdddb5a74.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tojikiston yth yuk mashinasi ko‘lob
tojikiston yth yuk mashinasi ko‘lob
Tojikistonda yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda 10 kishi halok bo‘ldi
16:12 07.08.2023 (yangilandi: 16:41 07.08.2023) Avtohalokat Dushanbe-Ko‘lob-Xorug‘ trassasida sodir bo‘lgan.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Tojikiston janubidagi Ko‘lob shahrida kecha tunda tormoz tizimi ishlamay qolgan yuk mashinasi avtohalokatga sabab bo‘lishi oqibatida o‘n kishi halok bo‘ldi, yana 14 kishi jarohatlandi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qo‘mitasi matbuot kotibi Umeda Yusufiy RIA Novostiga
ma’lum qildi. Avtohalokat Dushanbe-Ko‘lob-Xorug‘ trassasida sodir bo‘lgan, “Somoni” bozori yaqinida “Dulan” yuk mashinasi bir nechta mashinani urib, uylarga borib urilgan.
“Kecha tunda Ko‘lobda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida 10 kishi halok bo‘ldi, yana 14 kishi turli og‘irlikdagi jarohatlar oldi va shahar kasalxonasiga yotqizildi”, — ma’lum qildi Yusufiy.
IIV xabariga ko‘ra, pastlikka qarab harakatlanayotgan yuk mashinasining tormoz tizimi ishlamay qolgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon topshirig‘i bilan voqea joyiga Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarlari, Xatlon viloyati raisi va boshqa mas’ul shaxslar yuborilgan.