Ra’no Jo‘rayeva “Uzbekistan Airports” AJ raisi lavozimidan ketdi

© Mintrans UzbekistanaRa’no Jo‘rayeva
Ra’no Jo‘rayeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2023
Obuna bo‘lish
Javlonbek Umarxo‘jayev "Uzbekistan Airports" AJning boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Ra’no Jo‘rayeva "Uzbekistan Airports" AJ rahbarligini tark etdi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Kompaniya aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining tegishli qaroriga ko‘ra "Uzbekistan Airports" AJ boshqaruv raisi Ra’no Jo‘rayeva bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
"Ikki yarim yillik rahbarlik faoliyati davomida Ra’no Jo‘rayeva kompaniyada katta o‘zgarishlarni amalga oshirishga erishdi. Xususan, aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirish, kompaniya boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda moliyaviy–iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash borasidagi sa’y-harakatlari o‘zining ijobiy natijasini berdi", - deyiladi xabarda.
Javlonbek Umarxo‘jayev "Uzbekistan Airports" AJning boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Ra’no Jo‘rayeva kompaniyaga 2021-yil fevralida rahbar etib tayinlangandi. Undan oldin uzoq yillar Rossiyada aviatsiya sohasida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 2022-yil sentabrida u bilan kelishuv uch yilga uzaytirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0