https://oz.sputniknews.uz/20230807/quyosh-kuygan-37652047.html
Teri quyoshda kuyganda nima qilish mumkin emas — shifokor
Teri quyoshda kuyganda nima qilish mumkin emas — shifokor
Sputnik O‘zbekiston
Tibbiyot fanlari nomzodi, terapevt Ivan Romasov quyoshdan kuyish oqibatida nimalar qilish mumkin emasligini aytdi.Mutaxassisning fikriga ko‘ra, quyosh nurlaridan kuygandan so‘ng nima qilish bo‘yicha xalq orasida yuradigan maslahatlarga quloq solish kerak emas. Ya’ni kuygan teriga qaymoq, kefir yoki boshqa sut-qatiq mahsulotlarini surtish mumkin emas.
2023-08-07T22:48+0500
2023-08-07T22:48+0500
2023-08-08T00:28+0500
bu qiziq
salomatlik
sog‘liq
shifokorlar tavsiyasi
foydali
doktor maslahati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/18/15670224_0:0:3184:1791_1920x0_80_0_0_b258e863f9b7bcc2dd680f2c1d83501e.jpg
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Tibbiyot fanlari nomzodi, terapevt Ivan Romasov quyoshdan kuyish oqibatida nimalar qilish mumkin emasligini aytdi.Mutaxassisning fikriga ko‘ra, quyosh nurlaridan kuygandan so‘ng nima qilish bo‘yicha xalq orasida yuradigan maslahatlarga quloq solish kerak emas. Ya’ni kuygan teriga qaymoq, kefir yoki boshqa sut-qatiq mahsulotlarini surtish mumkin emas.Romasovning ta’kidlashicha, turli malhamlardan foydalanish, muz qo‘yish, kuygan joy ustidan tor kiyim kiyish, kuyishdan paydo bo‘lgan pufakchalarni teshish, terini ko‘chirishga harakat qilish, terini quritadigan sovun va boshqa mahsulotlar, shuningdek, dekorativ kosmetika vositalaridan foydalanish ham vaziyatni og‘irlashtirishi mumkin.Quyoshdan yengil kuyishni davolash uchun shifokor sovuq dush qabul qilishni, teriga namlovchi vosita surtishni, ko‘proq suv ichishni, kuygan joyni qalin mato bilan yopishni va og‘riq qoldirishga paratsetamol yoki ibuprofen dorisini qabul qilishni tavsiya qiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/18/15670224_10:0:2741:2048_1920x0_80_0_0_829ab6f8323b528ae3c6592a14c99ff8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
quyoshdan kuyish tavsiyalar shifokor nima qilish kerak
quyoshdan kuyish tavsiyalar shifokor nima qilish kerak
Teri quyoshda kuyganda nima qilish mumkin emas — shifokor
22:48 07.08.2023 (yangilandi: 00:28 08.08.2023) Shifokor quyosh nurlarida teri kuyish oqibatida nimalar qilish mumkin emasligi haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Tibbiyot fanlari nomzodi, terapevt Ivan Romasov quyoshdan kuyish oqibatida nimalar qilish mumkin emasligini aytdi.
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, quyosh nurlaridan kuygandan so‘ng nima qilish bo‘yicha xalq orasida yuradigan maslahatlarga quloq solish kerak emas. Ya’ni kuygan teriga qaymoq, kefir yoki boshqa sut-qatiq mahsulotlarini surtish mumkin emas.
“Bu mahsulotlarning foydali xususiyatlari haqidagi afsonalar juda bo‘rttirilgan. Sut-qatiq mahsulotlari tarkibidagi yog‘lar kuygan terida patologik bakteriyalarni ko‘paytirish uchun ideal muhit yaratadi. Biroq nazariy jihatdan kam yog‘li sut-qatiq mahsulotlari yordam berishi mumkin”, — iqtibos keltirdi “Doktor Piter” nashri mutaxassis so‘zlaridan.
Romasovning ta’kidlashicha, turli malhamlardan foydalanish, muz qo‘yish, kuygan joy ustidan tor kiyim kiyish, kuyishdan paydo bo‘lgan pufakchalarni teshish, terini ko‘chirishga harakat qilish, terini quritadigan sovun va boshqa mahsulotlar, shuningdek, dekorativ kosmetika vositalaridan foydalanish ham vaziyatni og‘irlashtirishi mumkin.
Quyoshdan yengil kuyishni davolash uchun shifokor sovuq dush qabul qilishni, teriga namlovchi vosita surtishni, ko‘proq suv ichishni, kuygan joyni qalin mato bilan yopishni va og‘riq qoldirishga paratsetamol yoki ibuprofen dorisini qabul qilishni tavsiya qiladi.