https://oz.sputniknews.uz/20230807/ozbek-dzyudochisi-masters-golibi-37643246.html
O‘zbek dzudochisi “Masters” g‘olibi — 12-yillik tarix yangilandi
O‘zbek dzudochisi “Masters” g‘olibi — 12-yillik tarix yangilandi
Sputnik O‘zbekiston
Yilda bir bora o‘tkaziladigan “Masters” musobaqasida o‘zbekistonlik sportchilardan so‘nggi bor Rishod Sobirov 2011-yilda g‘alaba qozongan.
2023-08-07T11:26+0500
2023-08-07T11:26+0500
2023-08-07T11:30+0500
sport
o‘zbekiston
vengriya
dzudo
oltin medal
muzaffarbek to‘raboyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0b/29035794_0:0:1281:721_1920x0_80_0_0_e3cb758ab722193c71c5087d8b2b21cb.jpg
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik dzudochi Muzaffarbek To‘raboyev Vengriya mezbonlik qilayotgan “Masters” turnirida -100 kg vazn toifasida g‘alaba qozonib, o‘zbek dzudosi uchun 12-yil kutilgan oltin medalni taqdim qildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.Shuningdek, kecha -90 kg vazn toifasida ishtirok etgan Davlat Bobonov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Ushbu muvaffaqiyat evaziga To‘raboyev 1800, Bobonov 900 reyting ochkosiga ega bo‘ldi.Yilda bir bora o‘tkaziladigan “Masters” musobaqasida o‘zbekistonlik sportchilardan so‘nggi bor Rishod Sobirov 2011-yilda g‘alaba qozongan.Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi bu yilgi turnirni 1 ta oltin va 2 ta bronza medallari bilan yakunladi. Musobaqaning birinchi kunida Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olgan edi.
o‘zbekiston
vengriya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0b/29035794_46:0:1183:853_1920x0_80_0_0_774a0a5ab5aff40f919c7418f3ac230e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbek dzudochisi “masters”
o‘zbek dzudochisi “masters”
O‘zbek dzudochisi “Masters” g‘olibi — 12-yillik tarix yangilandi
11:26 07.08.2023 (yangilandi: 11:30 07.08.2023) Yilda bir bora o‘tkaziladigan “Masters” musobaqasida o‘zbekistonlik sportchilardan so‘nggi bor Rishod Sobirov 2011-yilda g‘alaba qozongan.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik dzudochi Muzaffarbek To‘raboyev Vengriya mezbonlik qilayotgan “Masters” turnirida -100 kg vazn toifasida g‘alaba qozonib, o‘zbek dzudosi uchun 12-yil kutilgan oltin medalni taqdim qildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi
ma’lum qildi. Musobaqani ikki karra Olimpiada va jahon chempioni Lukash Krpalek ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshlagan To‘raboyev chempionlik yo‘lida Sheydi Elnaxas (Kanada), Mixayel Korrel (Niderlandiya), Boyan Dosen (Serbiya) va Peter Paltchik (Isroil) kabi sportchilarni dog‘da qoldirdi.
Shuningdek, kecha -90 kg vazn toifasida ishtirok etgan Davlat Bobonov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Ushbu muvaffaqiyat evaziga To‘raboyev 1800, Bobonov 900 reyting ochkosiga ega bo‘ldi.
Yilda bir bora o‘tkaziladigan “Masters” musobaqasida o‘zbekistonlik sportchilardan so‘nggi bor Rishod Sobirov 2011-yilda g‘alaba qozongan.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi bu yilgi turnirni 1 ta oltin va 2 ta bronza medallari bilan yakunladi. Musobaqaning birinchi kunida Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olgan edi.