MDH o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi yana 14 ta medal qo‘lga kiritdi

© NOKMDH o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi yana 14 ta medal qo‘lga kiritdi
MDH o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi yana 14 ta medal qo‘lga kiritdi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik sportchilar dzudo, yengil atletika, og‘ir atletika sport turlarida 2 ta oltin, 4 ta kumush va 8 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Belarusdagi II MDH o‘yinlarining kechagi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi 14 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
O‘zbekistonlik sportchilar dzudo, yengil atletika, og‘ir atletika sport turlarida 2 ta oltin, 4 ta kumush va 8 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Batafsil:
Oltin medal:
Azamat Ablakulov (dzudo, -73 kg);
Hakimjon Mahkamov (dzudo, -90 kg).
Kumush medal:
Nigina Saparbayeva (dzudo, -63 kg) ;
Mohinur Allaberganova (dzudo, -57 kg) ;
Diyorbek Ro‘zmetov (og‘ir atletika, -67 kg) ;
Doston Yoqubov (og‘ir atletika, -73 kg).
Bronza medal:
Behruzbek Rustamboyev (dzudo, -81 kg);
Abror Nurmanov (dzudo, -81 kg);
Elnur Xolmo‘minov (dzudo, +90 kg);
Aselxan Aralbayeva (dzudo, -57 kg);
Zarina Bobonazarova (dzudo, +70 kg);
Darya Jilina (yengil atletika, 300 metr);
Dostonbek Abdumutalov (yengil atletika, yadro uloqtirish);
Nigora Abdullayeva (og‘ir atletika, -59 kg).
MDH o‘yinlari 4-14 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar Belarusning 11 ta shahrida sportning 21 turi bo‘yicha o‘tkaziladi. MDH o‘yinlarida 3 mingga yaqin sportchi, murabbiylar, hakamlar, tibbiyot xodimlari va boshqalar ishtirok etmoqda. O‘yinlarda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston sport delegatsiyalari ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0