https://oz.sputniknews.uz/20230807/iqtisodiyot-va-moliya-vazirligi-tayinlovlar-37650831.html
Iqtisodiyot va moliya vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi
Iqtisodiyot va moliya vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi
Sputnik O‘zbekiston
Prezidentning 7-avgustdagi tegishli qarori bilan iqtisodiyot va moliya vazirligida ayrim rahbar xodimlar lavozimga tayinlandi va ayrimlari lavozimidan ozod etildi. Erkin Rustamov hamda Dilshod Sultonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
2023-08-07T15:53+0500
2023-08-07T15:53+0500
2023-08-07T15:53+0500
siyosat
iqtisodiyot va moliya vazirligi
yangi tayinlov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1118/95/11189536_0:0:963:541_1920x0_80_0_0_22daab56a57c67f7ff976066d62e22b2.jpg
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining 7-avgustdagi tegishli qarori bilan iqtisodiyot va moliya vazirligida ayrim rahbar xodimlar lavozimga tayinlandi va ayrimlari lavozimidan ozod etildi, deb xabar berdi O‘zA.Xususan,Ilhom Norqulov Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U 2023-yil fevraldan buyon vazir o‘rinbosari edi.Ahadbek Haydarov vazir o‘rinbosari etib tayinlangan, bunga qadar u qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari edi.Abdulaziz Haydarov vazir o‘rinbosari etib tayinlandi. Bunga qadar Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi direktori edi.Otabek Fozilkarimov vazir o‘rinbosari etib tayinlandi. Bunga qadar sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari edi.Bobur Xo‘jayev vazir o‘rinbosari etib tayinlandi. Bunga qadar Prezident Administratsiyasida sho‘’ba mudiri bo‘lgan.Jasur Qarshiboyev ham vazir o‘rinbosari etib tayinlangan. Tayinlovga qadar vazirlikda Davlat ichki va tashqi qarz departamenti direktori bo‘lib ishlagan.Murod Otajonov G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.Shuningdek, iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosarlari Erkin Rustamov hamda Dilshod Sultonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.Eslatib o‘tamiz, 3-avgust Jamshid Qo‘chqorov bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga tayinlangan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1118/95/11189536_90:0:811:541_1920x0_80_0_0_b8bdb8bb672737c11ad491544da3f1ba.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisodiyot va moliya vazirligi tayinlovlar farmon
iqtisodiyot va moliya vazirligi tayinlovlar farmon
Iqtisodiyot va moliya vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi
Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosarlari Erkin Rustamov hamda Dilshod Sultonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining 7-avgustdagi tegishli qarori bilan iqtisodiyot va moliya vazirligida ayrim rahbar xodimlar lavozimga tayinlandi va ayrimlari lavozimidan ozod etildi, deb
xabar berdi O‘zA.
Ilhom Norqulov Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U 2023-yil fevraldan buyon vazir o‘rinbosari edi.
Ahadbek Haydarov vazir o‘rinbosari etib tayinlangan, bunga qadar u qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari edi.
Abdulaziz Haydarov vazir o‘rinbosari etib tayinlandi. Bunga qadar Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi direktori edi.
Otabek Fozilkarimov vazir o‘rinbosari etib tayinlandi. Bunga qadar sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari edi.
Bobur Xo‘jayev vazir o‘rinbosari etib tayinlandi. Bunga qadar Prezident Administratsiyasida sho‘’ba mudiri bo‘lgan.
Jasur Qarshiboyev ham vazir o‘rinbosari etib tayinlangan. Tayinlovga qadar vazirlikda Davlat ichki va tashqi qarz departamenti direktori bo‘lib ishlagan.
Murod Otajonov G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.
Shuningdek, iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosarlari Erkin Rustamov hamda Dilshod Sultonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Eslatib o‘tamiz, 3-avgust Jamshid Qo‘chqorov bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga
tayinlangan edi.