Chendu-2021: O‘zbekiston Universiada o‘yinlarini 14 ta medal bilan yakunladi

© NOK UzbekistanaChendu-2021: O‘zbekiston Universiada o‘yinlarida
Chendu-2021: O‘zbekiston Universiada o‘yinlarida - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasi Universiadani 8 ta kumush va 6 ta bronza medali bilan yakunladi.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Bugun Xitoyning Chendu shahrida sportchi talabalar o‘rtasida XXXI yozgi Universiada o‘yinlari yakuniga yetmoqda. Musobaqaning so‘nggi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi yana bir bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘zbekistonlik sablyachi qizlar jamoaviy dasturda uchinchi o‘rinni egallashgan. Bronza medali uchun kechgan bahsda ular italiyalik raqibalarini 45:42 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi bu Universiadani 8 ta kumush va 6 ta bronza medali bilan yakunladi.
Universiada o‘yinlarida dunyoning 119 ta davlatidan 5100 nafardan ziyod sportchi talaba 18 ta sport turidagi 269 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib bordi.
Yangiliklar lentasi
0