O‘zbekistonlik kurashchilar MDH o‘yinlarida ilk medallarni qo‘lga kiritdi

© NOKO‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilari
O‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2023
Obuna bo‘lish
Shuningdek, o‘zbekistonlik dzudochilar MDH o‘yinlarini yettita medal bilan boshlashdi.
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Belarusdagi II MDH o‘yinlarida o‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilari ilk medallarini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Ortda qolgan qiziqarli kurashlar yakunida o‘zbekistonlik polvonlar 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamg‘arishdi. Batafsil:
Kumush medal:
-72 kg: Jamol Jumaboyev;
-87 kg: Murod Alimjonov.
Bronza medal:
-130 kg: Temurbek Nasimov.
Shuningdek, o‘zbekistonlik dzudochilar MDH o‘yinlarini yettita medal bilan boshlashdi. Kechagi kun dasturida yosh sportchilar 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza, jami 7 ta medalga sazovor bo‘lishdi. Batafsil:
© NOK3 medali ot otechestvennix borsov greko-rimskogo stilya
3 medali ot otechestvennix borsov greko-rimskogo stilya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2023
3 medali ot otechestvennix borsov greko-rimskogo stilya
Oltin medal:
-44 kg: Laziza Haydarova;
-48 kg: Sabina Azamatova.
Kumush medal:
-66 kg: Inoyat Telmanov;
-40 kg: Umida Qo‘ldosheva;
-44 kg: Maxfira Ro‘ziboyeva.
Bronza medal:
-60 kg: Alijon Aliyev;
-52 kg: Rayxona Mamatova.
MDH o‘yinlari 4-14 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar Belarusning 11 ta shahrida sportning 21 turi bo‘yicha o‘tkaziladi. MDH o‘yinlarida 3 mingga yaqin sportchi, murabbiylar, hakamlar, tibbiyot xodimlari va boshqalar ishtirok etmoqda. O‘yinlarda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston sport delegatsiyalari ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0