O‘zbekistonga yarim yilda nechta turist kelgan?

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishTuristlar, arxiv surat
Turistlar, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga 6 oyda eng ko‘p Tojikiston (958,5 ming nafar), Qirg‘iz Respublikasi (786,4 ming nafar) va Qozog‘iston (764,4 ming nafar) fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan.
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Joriy yilning yanvar-iyun oylarida 3,1 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlari darak bermoqda.
O‘zbekistonga 6 oyda eng ko‘p Tojikiston (958,5 ming nafar), Qirg‘iz Respublikasi (786,4 ming nafar) va Qozog‘iston (764,4 ming nafar) fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan.
Shuningdek, Rossiyadan 345,0 ming nafar, Turkiyadan 48,3 ming nafar, Turkmanistondan 29,5 ming nafar, Hindistondan 16,7 ming nafar, Koreyadan 15,9 ming nafar, Xitoydan 13,3 ming nafar, Germaniyadan 11,7 ming nafar turist kelgan.
Yangiliklar lentasi
0