O‘zbekiston temir yo‘llari haqida siz bilmagan hayratlanarli faktlar — video

Obuna bo‘lish
XIX asrda zamonaviy O‘zbekiston hududida temir yo‘l yotqizilgan bo‘lib, u cho‘l va dasht sharoitida qurilgan tarixdagi birinchi temir yo‘l bo‘lgan.
Har yili avgust oyining birinchi yakshanbasida O‘zbekistonda Temir yo‘l transporti xodimlari kuni nishonlanadi. Shu munosabat bilan Sputnik O‘zbekistonda temir yo‘l qurilishining rivojlanish tarixini esga oldi.
O‘zbekiston temir yo‘llari tarixi 135-yillik tarixga ega bo‘lib, uning qurilishining ayrim bosqichlari jahon temir yo‘llari taraqqiyoti tarixiga kirgan. Masalan, XIX asrda zamonaviy O‘zbekiston hududida temir yo‘l yotqizilgan bo‘lib, u cho‘l va dasht sharoitida qurilgan tarixdagi birinchi temir yo‘l bo‘lgan. Bular Qoraqum cho‘lidan o‘tadigan yo‘llardir.
Ulug‘ Vatan urushi yillarida O‘zbekistonga temir yo‘l orqali 1,5 milliondan ortiq aholi evakuatsiya qilingan. Shuningdek, bu yerga ko‘plab korxonalar ko‘chirilgan, bu fashistlar Germaniyasi ustidan g‘alaba qozonishda muhim rol o‘ynadi.
2016 yilda foydalanishga topshirilgan Qamchiq temir yo‘l tunneli sobiq SSSR va Markaziy Osiyodagi eng yirik transport inshootidir.
Uning uzunligi 19,2 km. Bu uni dunyodagi eng uzun yer osti inshootlaridan biriga aylantiradi. O‘zbekistonda temir yo‘llarning rivojlanishi haqidagi ko‘proq ma’lumotlar bilan bizning videomizda tanishing.
Yangiliklar lentasi
0