O‘zbekiston hududlarida yana zilzila qayd etildi

© Motion LoopZilzila
Zilzila - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2023
Obuna bo‘lish
Zilzila episentri Toshkentdan 536 km janubiy-sharqda.
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Bugun, 6-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:32 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi, deb xabar berdi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
Zilzila koordinatalari: 36,58 gradus shimoliy kenglik; 70,67 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,9. Chuqurlik 100 km. Zilzila episentri Toshkentdan 536 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
Surxondaryo viloyatida 4 ball, 311 km;
Farg‘ona viloyatida 4 ball, 433 km;
Sirdaryo viloyatida 3-4 ball, 465 km;
Jizzax viloyatida 3-4 ball, 465 km;
Samarqand viloyatida 3-4 ball, 471 km;
Andijon viloyatida 3-4 ball, 489 km;
Qashqadaryo viloyatida 3-4 ball, 498 km;
Namangan viloyatida 3-4 ball, 499 km;
Toshkent shahrida 3 ball, 535 km.
Eslatib o‘tamiz, 5-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:01 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘lgandi. Zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezilgandi.
Yangiliklar lentasi
0