https://oz.sputniknews.uz/20230806/nukus-voqealari-vaqtida-noqonuniy-harakat-qilgan-iio-xodimlari-ozodlikdan-mahrum-qilindi-37635268.html
Nukus voqealari vaqtida qonunbuzarlik qilgan IIO xodimlari qamaldi
Nukus voqealari vaqtida qonunbuzarlik qilgan IIO xodimlari qamaldi
Sputnik O‘zbekiston
Birinchi instansiya sudining ushbu hukmidan norozi tomonlar qonunchilikda belgilangan tartibda Buxoro viloyat sudiga apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilindi.
2023-08-06T14:02+0500
2023-08-06T14:02+0500
2023-08-07T13:45+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qoraqalpog‘iston
nukus
iiv
jinoiy javobgarlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/379/45/3794575_0:160:3077:1890_1920x0_80_0_0_37783206527dac41752337c9208d30b5.jpg
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Qoraqalpog‘iston respublikasida o‘tgan yilning iyun oyidagi ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etishda noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgan O‘zbekiston respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida ishlagan xodimlar jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Oliy sud rasmiy kanalida xabar berildi.Shuningdek, 1979-yilda tug‘ilgan J. M. Jinoyat kodeksining 117-moddasi (xavf ostida qoldirish) 2-qismi va 238-moddasi (yolg‘on guvohlik berish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi. Unga 1-yil muddatga ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 3-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.Birinchi instansiya sudining ushbu hukmidan norozi tomonlar qonunchilikda belgilangan tartibda Buxoro viloyat sudiga apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilindi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/379/45/3794575_172:0:2903:2048_1920x0_80_0_0_0c78a4bd5b4d2a42599a01693f6c4a7c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
nukus voqealari iio xodimlari
nukus voqealari iio xodimlari
Nukus voqealari vaqtida qonunbuzarlik qilgan IIO xodimlari qamaldi
14:02 06.08.2023 (yangilandi: 13:45 07.08.2023) Birinchi instansiya sudining ushbu hukmidan norozi tomonlar qonunchilikda belgilangan tartibda Buxoro viloyat sudiga apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilindi.
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Qoraqalpog‘iston respublikasida o‘tgan yilning iyun oyidagi ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etishda noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgan O‘zbekiston respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida ishlagan xodimlar jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Oliy sud rasmiy kanalida
xabar berildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahar sudining 2023-yil 4-avgustdagi hukmi bilan 1996-yilda tug‘ilgan T. A. va 1985-yilda tug‘ilgan X. S. Jinoyat kodeksining 235-moddasi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topildi. Ularning har biriga 2-yil muddatga ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 7-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Shuningdek, 1979-yilda tug‘ilgan J. M. Jinoyat kodeksining 117-moddasi (xavf ostida qoldirish) 2-qismi va 238-moddasi (yolg‘on guvohlik berish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi. Unga 1-yil muddatga ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 3-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Birinchi instansiya sudining ushbu hukmidan norozi tomonlar qonunchilikda belgilangan tartibda Buxoro viloyat sudiga apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilindi.