https://oz.sputniknews.uz/20230806/misrda-ythga-uchragan-ozbekistonlik-vataniga-qaytarildi-37636624.html
Misrda YTHga uchragan o‘zbekistonlik vataniga qaytarildi
Misrda YTHga uchragan o‘zbekistonlik vataniga qaytarildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi xabariga ko‘ra, joriy yilning 6-iyun kuni Qohira shahrida O‘zbekiston fuqarosi yo‘l-transport hodisasiga uchrab, og‘ir tan jarohati olgan.
2023-08-06T18:55+0500
2023-08-06T18:55+0500
2023-08-06T18:55+0500
jamiyat
o‘zbekiston
misr
yth
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/06/37636712_0:0:744:420_1920x0_80_0_0_1ef5e8fb25894869857c970b1990505b.jpg
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. O‘zbekiston elchixonasi Misrda avtohalokatga uchragan O‘zbekiston fuqarosining vataniga xavfsiz qaytishiga ko‘maklashdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi xabariga ko‘ra, joriy yilning 6-iyun kuni Qohira shahrida O‘zbekiston fuqarosi S.N. yo‘l-transport hodisasiga uchrab, og‘ir tan jarohati olgan.Elchixona xodimlari birinchi kundan bemorning holatini muntazam nazoratga olgan. Jumladan, Misr Sog‘liqni saqlash vazirligining amaliy ko‘magida bemor 12-iyun kuni Qohira shahrida nufuzli va yirik hisoblangan “Naser tadqiqotlar va davolash instituti” klinikasiga Misr xukumati insonparvarlik yordami tariqasida bepul muolaja uchun joylashtirilgan. Ikki oyga yaqin vaqt mobaynida shifoxonada bemor uchun kerakli barcha tegishli tibbiy ko‘rik va tadqiqotlar amalga oshirilgan.Qohiradagi O‘zbekiston elchixonasi, “Uzbekistan Airways” AJ, Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekistondan yetib borgan mutaxassislar ko‘magida fuqaro S.N. Sharm ash-Sheyx – Toshkent yo‘nalishidagi reys orqali 5-avgust kuni O‘zbekistonga yuborilgan.
o‘zbekiston
misr
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/06/37636712_0:0:744:558_1920x0_80_0_0_3c2dde9b506339fdf3a8798bdbe9e1de.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
misr yth o‘zbekistonlik
Misrda YTHga uchragan o‘zbekistonlik vataniga qaytarildi
O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi xabariga ko‘ra, joriy yilning 6-iyun kuni Qohira shahrida O‘zbekiston fuqarosi yo‘l-transport hodisasiga uchrab, og‘ir tan jarohati olgan.
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. O‘zbekiston elchixonasi Misrda avtohalokatga uchragan O‘zbekiston fuqarosining vataniga xavfsiz qaytishiga ko‘maklashdi. Bu haqda “Dunyo” AA
xabar berdi. O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi xabariga ko‘ra, joriy yilning 6-iyun kuni Qohira shahrida O‘zbekiston fuqarosi S.N. yo‘l-transport hodisasiga uchrab, og‘ir tan jarohati olgan.
Bemor tan jarohatlari bilan Qohira shahridagi shifoxonalarning biridagi intensiv terapiya bo‘limiga joylashtirilgan. O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida unga o‘pkada pnevmotoraks, tos suyagi va chap oyoq sinishi tashxisi qo‘yilgan hamda yuz va tanada ko‘plab gematomalar aniqlangan.
Elchixona xodimlari birinchi kundan bemorning holatini muntazam nazoratga olgan. Jumladan, Misr Sog‘liqni saqlash vazirligining amaliy ko‘magida bemor 12-iyun kuni Qohira shahrida nufuzli va yirik hisoblangan “Naser tadqiqotlar va davolash instituti” klinikasiga Misr xukumati insonparvarlik yordami tariqasida bepul muolaja uchun joylashtirilgan. Ikki oyga yaqin vaqt mobaynida shifoxonada bemor uchun kerakli barcha tegishli tibbiy ko‘rik va tadqiqotlar amalga oshirilgan.
Qohiradagi O‘zbekiston elchixonasi, “Uzbekistan Airways” AJ, Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekistondan yetib borgan mutaxassislar ko‘magida fuqaro S.N. Sharm ash-Sheyx – Toshkent yo‘nalishidagi reys orqali 5-avgust kuni O‘zbekistonga yuborilgan.