https://oz.sputniknews.uz/20230805/yovvoyi-hayvonlar-uyda-saqlash-taqiq-royxat-37625104.html
Yovvoyi hayvonlarni uyda saqlash taqiqlanishi kutilmoqda — ro‘yxat
Yovvoyi hayvonlarni uyda saqlash taqiqlanishi kutilmoqda — ro‘yxat
Sputnik O‘zbekiston
Ro‘yxatdan yovvoyi hayvonlarning 66 dan ortiq turlari joy oldi.
2023-08-05T15:43+0500
2023-08-05T15:43+0500
2023-08-05T16:22+0500
jamiyat
o‘zbekiston
o‘zbekiston oliy majlisi senati
senatorlar
hayvonlar
hayvonot olami
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/03/33463268_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_8414e8f09e82d40f0f5b502f99720365.jpg
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. O‘zbekistonda yovvoyi hayvonlarni uyda saqlash taqiqlanadi. Bu bo‘yicha Oliy Majlis Senatining 43 yalpi majlisida ma’lum qilindi.Qayd etilishicha, amaldagi qonunchilik hujjatlarida fuqarolar tomonidan yovvoyi yirtqich va zaharli hayvonlarni uy sharoitida saqlash masalasi huquqiy tartibga solinmagan.Senatorlar “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunning 43-moddasiga (yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda, sun’iy ravishda yaratilgan yashash joylarida yoki tutqunlikda saqlash) kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ma’qullashdi.Mazkur o‘zgartirish jismoniy shaxslar tomonidan saqlash taqiqlangan yovvoyi hayvonlarning ro‘yxatini, shuningdek, yuridik shaxslar tomonidan ushbu hayvonlarni saqlash tartibini belgilaydi.Qonun bilan yovvoyi hayvonlarni saqlashni tartibga solish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarning ro‘yxati, shuningdek ro‘yxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yuridik shaxslar tomonidan saqlash tartibini belgilash Vazirlar Mahkamasining zimmasiga yuklatilmoqda.Ma’lumot uchun, 2022-yilda yovvoyi hayvonlarning odamlarga hujumi bilan bog‘liq 2 ta holat qayd etilgan. Xususan, 2022-yilning 7-aprel kuni Toshkent viloyatida sher bolasi 3 yoshli bolaga hujum qilib, og‘ir jarohat yetkazgan.
https://oz.sputniknews.uz/20230517/yovvoyi-hayvonlar-ozbekcha-nomlari-34874324.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/03/33463268_85:0:2816:2048_1920x0_80_0_0_8513017ec88f4952d737e951900f57df.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yovvoyi hayvonlarni uyda saqlash senatorlar o‘zbekiston
yovvoyi hayvonlarni uyda saqlash senatorlar o‘zbekiston
Yovvoyi hayvonlarni uyda saqlash taqiqlanishi kutilmoqda — ro‘yxat
15:43 05.08.2023 (yangilandi: 16:22 05.08.2023) Ro‘yxatdan yovvoyi hayvonlarning 66 dan ortiq turlari joy oldi.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. O‘zbekistonda yovvoyi hayvonlarni uyda saqlash taqiqlanadi. Bu bo‘yicha Oliy Majlis Senatining 43 yalpi majlisida
ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, amaldagi qonunchilik hujjatlarida fuqarolar tomonidan yovvoyi yirtqich va zaharli hayvonlarni uy sharoitida saqlash masalasi huquqiy tartibga solinmagan.
Senatorlar “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunning 43-moddasiga (yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda, sun’iy ravishda yaratilgan yashash joylarida yoki tutqunlikda saqlash) kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ma’qullashdi.
Mazkur o‘zgartirish jismoniy shaxslar tomonidan saqlash taqiqlangan yovvoyi hayvonlarning ro‘yxatini, shuningdek, yuridik shaxslar tomonidan ushbu hayvonlarni saqlash tartibini belgilaydi.
“Ro‘yxatga yovvoyi hayvonlarning 66 dan ortiq turlari, jumladan, hasharotlar, baliqlar, zaharli ilonlar, ayiqlar oilasining barcha kenja turlari, yo‘lbarslar, timsohlar, lochinlar, yovvoyi mushuklar, bo‘rilar, shoqollar, tulkilar, orangutanlar, shimpanzelar va boshqa ko‘plab hayvonlar kiradi”, deya xabar berdi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.Qonun bilan yovvoyi hayvonlarni saqlashni tartibga solish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarning ro‘yxati, shuningdek ro‘yxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yuridik shaxslar tomonidan saqlash tartibini belgilash Vazirlar Mahkamasining zimmasiga yuklatilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2022-yilda yovvoyi hayvonlarning odamlarga hujumi bilan bog‘liq 2 ta holat qayd etilgan. Xususan, 2022-yilning 7-aprel kuni Toshkent viloyatida sher bolasi 3 yoshli bolaga hujum qilib, og‘ir jarohat yetkazgan.