Kirish imtihonlarining uchinchi kun natijalari e’lon qilindi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovAbituriyentlar O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari paytida
Abituriyentlar O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari paytida - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2023
Obuna bo‘lish
3 avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Kirish imtihonlarining uchinchi kun natijalari e’lon qilindi, deya xabar berdi Bilimni baholash agentligi.
Aytilishicha, 3-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:
my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot
Eslatib o‘tamiz, kecha 2-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilingan edi.
Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar soni 948 486 nafarni tashkil etdi. Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va imtihonlar o‘tkaziladigan binolarning sig‘imiga qarab 11 kundan 13 kungacha davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0