https://oz.sputniknews.uz/20230805/keldiyorova-xalqaro-turnir-sovrindor-37616925.html
Keldiyorova xalqaro turnirda yana sovrindor bo‘ldi — u raqibasini necha soniyada mag‘lub qildi?
Keldiyorova xalqaro turnirda yana sovrindor bo‘ldi — u raqibasini necha soniyada mag‘lub qildi?
Sputnik O‘zbekiston
Keldiyorova uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda buyuk britaniyalik raqibasini atigi 45 soniya ichida mag‘lub etdi.
2023-08-05T08:55+0500
2023-08-05T08:55+0500
2023-08-05T08:55+0500
sport
vengriya
o‘zbekiston
dzudo
diyora keldiyorova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/04/37615615_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_938b2f81d180901cd4e21acd6bd4c6ef.jpg
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik dzudochi Diyora Keldiyorova ikki karra “Masters” turniri sovrindori bo‘ldi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.Diyora Keldiyorova faoliyatida ikkinchi bor “Masters” seriyasiga kiruvchi musobaqaning sovrindoriga aylandi. U Vengriya mezbonlik qilayotgan turnirda ishtirok etib, bronza medaliga ega chiqdi.Dzudochi uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda buyuk britaniyalik Chelsi Jaylsni atigi 45 soniya ichida mag‘lub etdi.G‘alabagacha kechgan jarayon:Ma’lumot uchun, “Masters” yo‘nalishiga kiruvchi turnir yilida bir marta o‘tkaziladi. Unda faqat har bir vazn toifasida 36 nafar eng kuchli sportchilar ro‘yxatiga kiritilganlar ishtirok etishi mumkin. Turnir 6-avgustga qadar davom etadi.Eslatib o‘tamiz, sportchi 2019-yil Xitoy mezbonlik qilgan “Masters” musobaqasida ilk bor shohsupaga ko‘tarilgan.Shu yilning may oyida Doxada o‘tkazilayotgan 36-jahon chempionatining ikkinchi kuni O‘zbekiston terma jamoa uchun omadli kelgandi. Unda -52 kg vazn toifasida mamlakat sharafini himoya qilgan Diyora Keldiyorova finalga qadar mag‘lubiyatsiz yetib kelib, O‘zbekiston dzudosi tarixida jahon chempionati medalini qolga kiritgan ilk ayol dzudochiga aylangan edi. Shuningdek, sportchi iyun oyida Mo‘g‘ulistonda bo‘lib o‘tgan dzudo bo‘yicha Ulan-Bator “Katta dubulg‘a” turnirining bronza medaliga ega chiqdi. U bronza medali uchun kechgan bellashuvda BAA vakili Xorlodoi Birsheltdan ustun kelgan.
vengriya
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/04/37615615_143:0:1280:853_1920x0_80_0_0_1bd9141ad5801890ab6290d33400f473.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
diyora keldiyorova “masters” turnir chelsi jayls bronza
diyora keldiyorova “masters” turnir chelsi jayls bronza
Keldiyorova xalqaro turnirda yana sovrindor bo‘ldi — u raqibasini necha soniyada mag‘lub qildi?
Keldiyorova uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda buyuk britaniyalik raqibasini atigi 45 soniya ichida mag‘lub etdi.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik dzudochi Diyora Keldiyorova ikki karra “Masters” turniri sovrindori bo‘ldi, deya xabar berdi
Milliy olimpiya qo‘mitasi. Diyora Keldiyorova faoliyatida ikkinchi bor “Masters” seriyasiga kiruvchi musobaqaning sovrindoriga aylandi. U Vengriya mezbonlik qilayotgan turnirda ishtirok etib, bronza medaliga ega chiqdi.
Dzudochi uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda buyuk britaniyalik Chelsi Jaylsni atigi 45 soniya ichida mag‘lub etdi.
“Ushbu g‘alaba Keldiyorovaga jahon va Olimpiada reytingi uchun 900 ochkoni taqdim qiladi”, deyiladi xabarda.
G‘alabagacha kechgan jarayon:
Keldiyorova dastlab janubiy koreyalik raqibasidan ustun kelgan sportchi ikkinchi davrada ozarbayjonlik dzudochini mag‘lubiyatga uchratdi;
Afsuski, chorak finalda mezbonlar vakilasi Reka Pupga imkoniyatni boy berib qo‘ydi;
O‘tish bosqichida germaniyalik Masha Ballxaus mag‘lub etilgach, Keldiyorova shohsupaga ko‘tarilish imkoniyatini saqlab qoldi.
Ma’lumot uchun, “Masters” yo‘nalishiga kiruvchi turnir yilida bir marta o‘tkaziladi. Unda faqat har bir vazn toifasida 36 nafar eng kuchli sportchilar ro‘yxatiga kiritilganlar ishtirok etishi mumkin. Turnir 6-avgustga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, sportchi 2019-yil Xitoy mezbonlik qilgan “Masters” musobaqasida ilk bor shohsupaga ko‘tarilgan.
Shu yilning may oyida Doxada o‘tkazilayotgan 36-jahon chempionatining ikkinchi kuni O‘zbekiston terma jamoa uchun omadli kelgandi. Unda -52 kg vazn toifasida mamlakat sharafini himoya qilgan Diyora Keldiyorova finalga qadar mag‘lubiyatsiz yetib kelib, O‘zbekiston dzudosi tarixida jahon chempionati medalini qolga kiritgan ilk ayol dzudochiga
aylangan edi. Shuningdek, sportchi iyun oyida Mo‘g‘ulistonda bo‘lib o‘tgan dzudo bo‘yicha Ulan-Bator “Katta dubulg‘a” turnirining bronza medaliga ega chiqdi. U bronza medali uchun kechgan bellashuvda BAA vakili Xorlodoi Birsheltdan
ustun kelgan.