https://oz.sputniknews.uz/20230805/issiq-havo-dori-vositalari-saqlash-37626122.html
Issiq havo dori vositalarining xususiyatini o‘zgartiradi — ularni qanday saqlash kerak?
Issiq havo dori vositalarining xususiyatini o‘zgartiradi — ularni qanday saqlash kerak?
Sputnik O‘zbekiston
SSV: dori vositasini sovitkichda saqlash noto‘g‘ri.
2023-08-05T16:20+0500
2023-08-05T16:20+0500
2023-08-05T16:20+0500
jamiyat
o‘zbekiston
dori
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
yoz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/1a/15059402_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_1a90d5bd78a51716290da543b8528fab.jpg
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Issiq havo dori vositalarining xususiyatlarini o‘zgartiradi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.Aytilishicha, quyosh nurida qolib ketgan dorilar sog‘lik uchun zararli vositaga aylanishi mumkin.Demak, antibakterial preparatlar, surtma va gellar, gormonal dorilar, vitaminlar, plastir va tibbiy shamchalarni issiqdan himoya qilish lozim.Kremlar, surtma, shamchalar issiqlikda erigach, dorivor moddalarning ichki tarkibida qayta taqsimlanish sodir bo‘ladi va hatto keyingi qayta sovutish ham ularni saqlay olmaydi. Ba’zi hollarda lokal dozani oshirib yuborishga olib kelishi ham mumkin.Bundan tashqari dori, avtomashinalardagi birinchi yordam to‘plamlarini ham esdan chiqarmaslik kerak: ularni issiqda ham, sovuqda ham mashinada qoldirib bo‘lmaydi.Xona harorati deganda odatda 15-25 gradus shuningdek, iqlim sharoitiga qarab 30°S gacha bo‘lgan harorat darajasi nazarda tutiladi. Bunday paytda dori vositalarini tibbiyot qutichasida jamlab shkafda saqlash maqsadga muvofiq.8°dan 15° gradusgacha bo‘lgan salqin haroratda ayrim dori vositalarini sovitkichda saqlashga ruxsat beriladi. Bunda 8°S past haroratda fizik-kimoviy xususiyatlari o‘zgarishi mumkin bo‘lgan dori vositalari (damlamalar, suyuq ekstraktlar va boshqalar)ni sovutgichda saqlash mumkin emas.Dori vositalarini sovuq joyda saqlash deganda sovitkichda, 2°C dan 8°S gacha bo‘lgan haroratda saqlash tushuniladi.Sovitkichning bir tokchasida dori vositalari va oziq-ovqatlar yonma-yon turishi qat’iyan man etiladi.Dori-darmonlarni saqlashda yorug‘lik va namlikdan himoya qilish kabi talablarga ham e’tibor berish kerak. Agar ko‘rsatmada "qorong‘u joyda saqlang" deb aytilgan bo‘lsa, unda dori qadog‘ini yorug‘likdan to‘liq himoya qilish kerak.Quruq joyda havo namligi 50% dan oshmasligi kerak.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/1a/15059402_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_b91e03564987063f785088171274cb37.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ssv dori vositasi sovitkich saqlash yoz
ssv dori vositasi sovitkich saqlash yoz
Issiq havo dori vositalarining xususiyatini o‘zgartiradi — ularni qanday saqlash kerak?
SSV: dori vositasini sovitkichda saqlash noto‘g‘ri.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Issiq havo dori vositalarining xususiyatlarini o‘zgartiradi, deya xabar berdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi. Aytilishicha, quyosh nurida qolib ketgan dorilar sog‘lik uchun zararli vositaga aylanishi mumkin.
Demak, antibakterial preparatlar, surtma va gellar, gormonal dorilar, vitaminlar, plastir va tibbiy shamchalarni issiqdan himoya qilish lozim.
Kremlar, surtma, shamchalar issiqlikda erigach, dorivor moddalarning ichki tarkibida qayta taqsimlanish sodir bo‘ladi va hatto keyingi qayta sovutish ham ularni saqlay olmaydi. Ba’zi hollarda lokal dozani oshirib yuborishga olib kelishi ham mumkin.
Bundan tashqari dori, avtomashinalardagi birinchi yordam to‘plamlarini ham esdan chiqarmaslik kerak: ularni issiqda ham, sovuqda ham mashinada qoldirib bo‘lmaydi.
“Hamma dori vositasini sovitkichda saqlash noto‘g‘ri!”, deyiladi xabarda.
Xona harorati deganda odatda 15-25 gradus shuningdek, iqlim sharoitiga qarab 30°S gacha bo‘lgan harorat darajasi nazarda tutiladi. Bunday paytda dori vositalarini tibbiyot qutichasida jamlab shkafda saqlash maqsadga muvofiq.
8°dan 15° gradusgacha bo‘lgan salqin haroratda ayrim dori vositalarini sovitkichda saqlashga ruxsat beriladi. Bunda 8°S past haroratda fizik-kimoviy xususiyatlari o‘zgarishi mumkin bo‘lgan dori vositalari (damlamalar, suyuq ekstraktlar va boshqalar)ni sovutgichda saqlash mumkin emas.
Dori vositalarini sovuq joyda saqlash deganda sovitkichda, 2°C dan 8°S gacha bo‘lgan haroratda saqlash tushuniladi.
“Bunda dori-darmonlarni sovutgichning devoriga yaqin joyda joylashtirib, ularning muzlab qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Odatda shamchalar (svecha), turli ko‘z tomchilar, linimentlar, inyeksiya eritmalari, ferment tabletkalari shu tarzda saqlanadi”, deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Sovitkichning bir tokchasida dori vositalari va oziq-ovqatlar yonma-yon turishi qat’iyan man etiladi.
Dori-darmonlarni saqlashda yorug‘lik va namlikdan himoya qilish kabi talablarga ham e’tibor berish kerak. Agar ko‘rsatmada "qorong‘u joyda saqlang" deb aytilgan bo‘lsa, unda dori qadog‘ini yorug‘likdan to‘liq himoya qilish kerak.
Quruq joyda havo namligi 50% dan oshmasligi kerak.