https://oz.sputniknews.uz/20230805/dxx-oqish-kiritish-vada-otm-xodimlar-qolga-olish-37625666.html
DXX o‘qishga kiritishni va’da qilgan OTM xodimlarini qo‘lga oldi — video
DXX o‘qishga kiritishni va’da qilgan OTM xodimlarini qo‘lga oldi — video
Sputnik O‘zbekiston
DXX Andijon, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida o‘qishga kiritishni va’da qilgan OTM xodimlarini qo‘lga oldi.
2023-08-05T16:02+0500
2023-08-05T16:02+0500
2023-08-05T16:02+0500
jamiyat
o‘zbekiston
otm
davlat xavfsizlik xizmati (dxx)
andijon
qashqadaryo
toshkent viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/0d/22179280_0:208:2000:1333_1920x0_80_0_0_e1f63b891bfdac7ae786fab72d69efaa.jpg
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Oliy ta’lim muassasalariga (OTM) o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi, deya xabar berdi Davlat xavfsizlik xizmati.Aytilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining qator viloyatlardagi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.Andijon viloyatidagi holatAndijon davlat universiteti xodimi yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaroni mazkur oliy o‘quv yurti Biologiya yo‘nalishining sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.Qashqadaryo viloyatidagi holatQarshi shahrida yashovchi, 1992-yilda to‘g‘ilgan shaxs o‘zganing ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari yordamida uni Qarshi davlat universitetining Sport fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari ham Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda bir nechta tezkor tadbir o‘tkazdi.Chirchiq shahridagi holatChirchiq davlat pedagogika universitetining bo‘lim boshlig‘i 2 nafar fuqaroning Rossiya oliy o‘quv yurtidagi o‘qishini o‘zi faoliyat yuritayotgan universitetga ko‘chirib berish va 2 nafar fuqaroga ingliz tilini bilish bo‘yicha xalqaro sertifikat olib berish evaziga 10 100 dollar olgan vaqtida ushlandi.Boshqa holatda esa Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi fuqaroni ushbu oliy o‘quv yurtining Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.Shuningdek, Qibray tumanida yashovchi er-xotin o‘zlarining tanishlari yordamida fuqaroni Chirchiq davlat pedagogika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3500 dollar olgan vaqtida ushlandi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1-avgust kuni oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi. Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar soni 948 486 nafarni tashkil etdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/0d/22179280_162:0:1939:1333_1920x0_80_0_0_1d3ffab5f3d3b96b4b138c5b61cdc546.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dxx andijon qashqadaryo toshkent viloyatlari o‘qishga kiritish otm xodimlar
dxx andijon qashqadaryo toshkent viloyatlari o‘qishga kiritish otm xodimlar
DXX o‘qishga kiritishni va’da qilgan OTM xodimlarini qo‘lga oldi — video
DXX Andijon, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida o‘qishga kiritishni va’da qilgan OTM xodimlarini qo‘lga oldi.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Oliy ta’lim muassasalariga (OTM) o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi, deya xabar berdi
Davlat xavfsizlik xizmati. Aytilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining qator viloyatlardagi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.
Andijon viloyatidagi holat
Andijon davlat universiteti xodimi yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaroni mazkur oliy o‘quv yurti Biologiya yo‘nalishining sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Qashqadaryo viloyatidagi holat
Qarshi shahrida yashovchi, 1992-yilda to‘g‘ilgan shaxs o‘zganing ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari yordamida uni Qarshi davlat universitetining Sport fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari ham Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda bir nechta tezkor tadbir o‘tkazdi.
Chirchiq shahridagi holat
Chirchiq davlat pedagogika universitetining bo‘lim boshlig‘i 2 nafar fuqaroning Rossiya oliy o‘quv yurtidagi o‘qishini o‘zi faoliyat yuritayotgan universitetga ko‘chirib berish va 2 nafar fuqaroga ingliz tilini bilish bo‘yicha xalqaro sertifikat olib berish evaziga 10 100 dollar olgan vaqtida ushlandi.
Boshqa holatda esa Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi fuqaroni ushbu oliy o‘quv yurtining Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, Qibray tumanida yashovchi er-xotin o‘zlarining tanishlari yordamida fuqaroni Chirchiq davlat pedagogika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3500 dollar olgan vaqtida ushlandi.
“Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik) va 28,211- (pora berish) moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1-avgust kuni oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi. Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar soni 948 486 nafarni
tashkil etdi.