Agrosubsidiya olish tartibi belgilandi — tafsilotlar

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishOmsk viloyatidagi "Drujino" agromarkazi
Omsk viloyatidagi Drujino agromarkazi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2023
Obuna bo‘lish
G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi to‘lov hujjatlarini olgach 1 ish kunida tegishli subsidiya summasini agrosubsidiya oluvchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Agrosubsidiya olish tartibi belgilandi. Bu bo‘yicha Hukumatning 332–sonli qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, agrosubsidiya agrar va oziq-ovqat sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratiladi.
Buning uchun agrosubsidiya ajratishni tartibga soluvchi ishchi guruhga ariza bilan murojaat qilinadi. Ishchi guruh arizaga muvofiq agrosubsidiyaning tegishli turi bo‘yicha bajarilgan ish va xizmatlarni (mahsulotlarni) joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqadi hamda agrosubsidiyani ajratish yoki uni rad etish to‘g‘risidagi xulosani vakolatli davlat organiga taqdim etadi.
Vakolatli davlat organi ishchi guruh xulosasini o‘rganib chiqib, xulosa kelib tushgandan boshlab 3 ish kunida agrosubsidiya oluvchi subyektga subsidiya ajratilishi yoki ajratilmasligi to‘g‘risida javob xati yuboradi.
So‘ng vakolatli davlat organlari tomonidan 3 ish kunida agrosubsidiya oluvchi subyektga subsidiya ajratish bo‘yicha to‘lov hujjatlari G‘aznachilik xizmati qo‘mitasiga jo‘natiladi.
"Shunga ko‘ra, G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi to‘lov hujjatlarini olgach 1 ish kunida tegishli subsidiya summasini agrosubsidiya oluvchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi", deyilgan hujjatda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali subsidiya ajratilishi belgilangan edi. Tizimda talabgorlar tomonidan yuborilgan arizalar subsidiya turidan kelib chiqib amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan talab, muddat va bosqichlarga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Avvalroq O‘zbekistonda “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etilishi ham ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, 2023-yil 1-sentabrdan “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi tarkibida “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etiladi.
Yangiliklar lentasi
0