Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonning qator hududlarida sezildi

© AP Photo / STRZilzila
Zilzila - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2023
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonning 9 ta viloyatida ham sezildi.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Bugun, 5-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:01 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi, deb xabar berdi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
Zilzila koordinatalari: 36,57 gradus shimoliy kenglik; 70,78 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,8. Chuqurlik 100 km. Zilzila episentri Toshkentdan 539 km shimoliy-sharqda.
O‘zbekiston respublikasi hududida sezilish kuchi:
Surxandaryo viloyatida 4 ball, 320 km.
Farg‘ona viloyatida 3-4 ball, 432 km.
Sirdaryo viloyatida 3-4 ball, 470 km.
Jizzax viloyatida 3-4 ball, 472 km.
Samarqand viloyatida 3-4 ball, 478 km.
Andijon viloyatida 3-4 ball, 488 km.
Namangan viloyatida 3-4 ball, 499 km.
Qashqadaryo viloyatida 3 ball, 507 km.
Toshkent shahrida 3 ball, 539 km.
Yangiliklar lentasi
0