Dollar ko‘tarildi — 7-avgustda amalda bo‘ladigan valyutalar kursi

Obuna bo‘lish
Rubl so‘mga nisbatan arzonlashdi.
TOShKENT, 4-avgust — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 7-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12,23 so‘mga ko‘tarildi, 11 660,02 so‘mni tashkil qildi. Yevro 28,53 so‘mga ko‘tarildi va 12 761,89 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl 1,67 so‘mga tushib, 122,72 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, bugun dollarning rasmiy kursi 11 647,79 so‘mni, yevro 12 733,36 so‘mni, rubl esa 124,39 so‘mni tashkil qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0