Bugun poytaxtdagi ayrim ko‘chalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi — manzillar

CC0 / rawpixel.com / Gorashaya gazovaya plita.
Gorashaya gazovaya plita. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2023
Obuna bo‘lish
Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti soat 10:00 dan 18:00 ga qadar vaqtincha o‘chiriladi.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Bugun poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tunidagi ayrim ko‘chalarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar berdi.
Ta’mirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti soat 10:00 dan 18:00 ga qadar vaqtincha o‘chiriladi.
Quyidagi manzillarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
“Temuriylar” MFY Vatan 1,2,3,4,5,6,7-tor ko‘chalari, Tabassum, Matonat, Soy bo‘yi ko‘chalari va Bunyodkor 1,2,3,4-tor ko‘chalaridagi jami - 837 ta yerli xonadon.
Eslatib o‘tamiz, bugun Mirzo Ulug‘bek tumanidagi "Ahillik" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha elektr ta’minoti bo‘lmaydi.
Yangiliklar lentasi
0