https://oz.sputniknews.uz/20230804/okean-qalqoni-2023-rossiya-natoning-boltiqboyi-tashvishiga-javob-qaytarmoqda-37604181.html
“Okean qalqoni-2023”: Rossiya NATOning Boltiqbo‘yi tashvishiga javob qaytarmoqda
“Okean qalqoni-2023”: Rossiya NATOning Boltiqbo‘yi tashvishiga javob qaytarmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya gipertovushli raketalari Pentagon va NATOning mavjud mudofaa tizimlarini, jumladan Patriot va NASAMS zenit raketa tizimlarini va tajribaviy IRIS-T zenit raketa tizimlarini yengib o‘tadi.
2023-08-04T21:52+0500
2023-08-04T21:52+0500
2023-08-04T21:52+0500
kolumnistlar
rossiya
ukraina
aqsh
nato
g‘arb
harbiy texnika
harbiylar
harbiy dengiz floti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/05/34654796_0:152:3102:1897_1920x0_80_0_0_08c30ed6372af5b6ade7af67c47c10f6.jpg
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Moskva Shimoliy Atlantika Alyansining Yevropada kuchayib borayotgan faolligiga Rossiya g‘arbiy chegaralarining mudofaa qobiliyatini kuchaytirish orqali javob qaytarmoqda, Boltiq floti mas’uliyatli hududlardagi milliy manfaatlarni himoya qilmoqda.Harbiy-dengiz flotining operatsion muhim hududda Rossiya manfaatlarini himoya qilishga tayyorligi, turli darajadagi qarorgohlar ishining muvofiqligi tekshirilmoqda. Dengiz qirg‘oqlarini himoya qilish, dengiz aloqalarini himoya qilish, qo‘shinlar va harbiy yuklarni tashish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 200 dan ortiq jangovar mashg‘ulotlar, jumladan, artilleriya va raketa-torpeda qurol-yarog‘larini amaliy qo‘llagan holda o‘tkazish rejalashtirilgan. Rossiya Harbiy-dengiz floti bosh qo‘mondoni Nikolay Yevmenovning bevosita rahbarligi “Okean qalqoni-2023” ning o‘zgacha maqomi va manyovrlar xususiyatini ko‘rsatadi.Rossiya Federatsiyasining Boltiqbo‘yidagi qudratli “dengiz mushti” ni dushmanlar payqagan ko‘rinadi. Ular 11-12 iyul kunlari Vilnyusda bo‘lib o‘tgan NATO sammitida Yevropadagi ittifoqning dengiz va havo kuchlari 300 minggacha harbiy xizmatchilarni joylashtirish bo‘yicha Rossiyaga qarshi asosiy reja tuzishgan. Harbiy blokning Finlyandiya hisobiga kengayishi hali ham Boltiqbo‘yini “NATOning ichki dengiziga” aylantirmadi. G‘arbning mash’um rejalari uning imkoniyatlari va resurslariga to‘g‘ri kelmayapti.Rossiya harbiy-dengiz kuchlarida 70 dan ortiq suv osti kemalari va 200 dan ortiq suv usti kemalari mavjud. Rossiya harbiy floti katta farq bilan Boltiqbo‘yida o‘zining yetakchi mavqeyini saqlab qoladi, u 60 ga yaqin suv usti kemalari va suv osti kemalari, dengiz piyoda askarlarining qirg‘oq bo‘linmalari, raketa kuchlari, dengiz aviatsiyasi va o‘n minglab harbiy xizmatchilardan iborat. Boltiq flotining zarba salohiyati so‘nggi raketa kemalari, suv osti kemalari, 4++ avlodining ko‘p maqsadli qiruvchi samolyotlari, S-400 zenit-raketa tizimlari, “Bal” va “Bastion” qirg‘oq raketa tizimlari, “Iskandar-M” operatsion-taktik raketa tizimi, 11-armiya korpusi — ikkita bo‘linma va hatto alohida tank polki bilan belgilanadi.Rossiya dengizchilari-Boltiqbo‘yi dengiz floti jangovar hujum va keng ko‘lamli mashqlar, desantlarni qurollantirilmagan qirg‘oqlarga tushirish, dunyo okeanining eng chekka hududlariga kema sayohatlari bilan hamkasblarini — NATO Harbiy-havo kuchlarini achchiq haqiqatiga muntazam ravishda qaytarib turadi. “Okean qalqoni-2023” mashqlarining nomi ham mubolag‘a emas, balki haqiqatni ifodalaydi.Texnologik ustunlikBoltiq floti bugungi kunda kuchli turli toifali guruh bo‘lib, u suv usti va suv osti kuchlari, aviatsiya, havo mudofaasi kuchlari va quruqlikdagi kuchlar — ilg‘or qurollar va texnik vositalar bilan bir vaqtda ishlaydi. Jangovar tayyorgarlikning ustuvor yo‘nalishi flotning turli xil zarba kuchlarining harakatlarini ishlab chiqishdir (Boltiq dengizi hududida aviatsiya, qirg‘oq qo‘shinlari va zarba beruvchi kemalar guruhlari).Dengizdagi asosiy vazifalar zamonaviy yuqori texnologiyali “Steregushiy”, “Soobrazitelniy”, “Boykiy” va “Stoykiy” korvetlari, “Sovetsk”, “Serpuxov”, “Zeleniy Dol”, “Mitishi”, “Karakurti” va boshqa kichik raketa kemalari tomonidan hal qilinadi. Boltiqbo‘yi osmoni dengiz aviatsiyasining atlantlari tomonidan ximoya qilinadi.G‘arb dunyosidagi harbiy kuchlar reytingida Rossiya dengiz floti Xitoy dengiz flotidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. AQSh esa Shimoliy Koreyadan keyin to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Rossiya dengiz flotining jangovar salohiyati doimiy ravishda o‘sib bormoqda, 2023-yilda u turli toifadagi 30 dan ortiq kemalarga ega bo‘ladi. Ulardan to‘rttasi Boltiqbo‘yiga olib kelinadi va bular asosan 2500 km dan ortiq masofali “Kalibr” yuqori aniqlikdagi raketa tizimlariga ega 22800 loyiha kemalari. Rossiya Harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni Nikolay Yemenovning so‘zlariga ko‘ra, qurilayotgan hamda yangi fregat va korvetlar 1000 km gacha masofaga uchadigan “Sirkon” gipertovushli raketalari bilan qurollanadi.Demak, NATOning Boltiqbo‘yidagi kemalari va harbiy-dengiz bazalari, ularning “o‘zgacha” jangovar imkoniyatlari va arsenallaridan qat’i nazar, tezda yo‘q qilinishi mumkin.Qurollanish sohasidagi yuqori texnologiyalar har qanday davlatning haqiqiy suvereniteti va barqaror rivojlanishining asosi bo‘lib qolmoqda. Rossiya bu yo‘nalishda va alohida olingan Boltiqbo‘yi mintaqasida barcha raqobatchilardan oldinda. Rossiya Federatsiyasining harbiy-dengiz floti uchun yuqori texnologiyali qurollar sohasidagi yetakchiligi davr talabidir va Yevropada milliy xavfsizlik kafolatidir. Ayni paytda Osiyoda harbiy-siyosiy notinchlik kuchaymoqda.Xitoyning Rossiyadagi elchisi Chjan Xanxuey bugun shunday dedi: “Dalillar shuni isbotladiki, NATO qayerga iblisona panjalarini cho‘zsa, o‘sha yerda odamlar halok bo‘ladi va tinchlik bo‘lmaydi”, shuningdek, “NATOning sharqqa beshta yo‘nalishda kengayishi” Ukraina inqirozi keskinlashuvining asosiy sababi bo‘ldi. “Kengayish” qanday tugashidan qat’i nazar, Rossiya Boltiq floti doimiy jangovar tayyorgarlikda turadi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/05/34654796_186:0:2917:2048_1920x0_80_0_0_7186a71789059a8ff4fb140d22322036.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
ukraina rossiya gipertovushli raketalar pentagon nato patriot nasams boltiq dengizi flot harbiy
ukraina rossiya gipertovushli raketalar pentagon nato patriot nasams boltiq dengizi flot harbiy
“Okean qalqoni-2023”: Rossiya NATOning Boltiqbo‘yi tashvishiga javob qaytarmoqda
Ukraina tajribasi shuni ko‘rsatdiki, Rossiya gipertovushli raketalari Pentagon va NATOning mavjud mudofaa tizimlarini, jumladan Patriot va NASAMS zenit raketa tizimlarini va tajribaviy IRIS-T zenit raketa tizimlarini yengib o‘tadi.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Moskva Shimoliy Atlantika Alyansining Yevropada kuchayib borayotgan faolligiga Rossiya g‘arbiy chegaralarining mudofaa qobiliyatini kuchaytirish orqali javob qaytarmoqda, Boltiq floti mas’uliyatli hududlardagi milliy manfaatlarni himoya qilmoqda.
2 avgust kuni Boltiq dengizida “Okean qalqoni-2023” harbiy-dengiz mashqlari boshlandi. 30 dan ortiq harbiy kemalar, 20 ta ta’minot kemalari, dengiz aviatsiyasi va Rossiya Havo-kosmik kuchlarining 30 ta samolyoti, 6000 ga yaqin harbiy xizmatchilar ishtirok etmoqda.
Harbiy-dengiz flotining operatsion muhim hududda Rossiya manfaatlarini himoya qilishga tayyorligi, turli darajadagi qarorgohlar ishining muvofiqligi tekshirilmoqda. Dengiz qirg‘oqlarini himoya qilish, dengiz aloqalarini himoya qilish, qo‘shinlar va harbiy yuklarni tashish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 200 dan ortiq jangovar mashg‘ulotlar, jumladan, artilleriya va raketa-torpeda qurol-yarog‘larini amaliy qo‘llagan holda o‘tkazish rejalashtirilgan. Rossiya Harbiy-dengiz floti bosh qo‘mondoni Nikolay Yevmenovning bevosita rahbarligi “Okean qalqoni-2023” ning o‘zgacha maqomi va manyovrlar xususiyatini ko‘rsatadi.
Rossiya Federatsiyasining Boltiqbo‘yidagi qudratli “dengiz mushti” ni dushmanlar payqagan ko‘rinadi. Ular 11-12 iyul kunlari Vilnyusda bo‘lib o‘tgan NATO sammitida Yevropadagi ittifoqning dengiz va havo kuchlari 300 minggacha harbiy xizmatchilarni joylashtirish bo‘yicha Rossiyaga qarshi asosiy reja tuzishgan.
G‘arb 300 ming askarlar — yaqin kelajak ilg‘or esheloni bilan Rossiyaga qarshi keng ko‘lamli urushga ochiqdan-ochiq tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bugungi kunda alyans qo‘mondonligida faqat 40 ming harbiy xizmatchi, 100 ta jangovar samolyot va 27 ta kema doimiy shay holatda turibdi.
Harbiy blokning Finlyandiya hisobiga kengayishi hali ham Boltiqbo‘yini “NATOning ichki dengiziga” aylantirmadi. G‘arbning mash’um rejalari uning imkoniyatlari va resurslariga to‘g‘ri kelmayapti.
Rossiya harbiy-dengiz kuchlarida 70 dan ortiq suv osti kemalari va 200 dan ortiq suv usti kemalari mavjud. Rossiya harbiy floti katta farq bilan Boltiqbo‘yida o‘zining yetakchi mavqeyini saqlab qoladi, u 60 ga yaqin suv usti kemalari va suv osti kemalari, dengiz piyoda askarlarining qirg‘oq bo‘linmalari, raketa kuchlari, dengiz aviatsiyasi va o‘n minglab harbiy xizmatchilardan iborat. Boltiq flotining zarba salohiyati so‘nggi raketa kemalari, suv osti kemalari, 4++ avlodining ko‘p maqsadli qiruvchi samolyotlari, S-400 zenit-raketa tizimlari, “Bal” va “Bastion” qirg‘oq raketa tizimlari, “Iskandar-M” operatsion-taktik raketa tizimi, 11-armiya korpusi — ikkita bo‘linma va hatto alohida tank polki bilan belgilanadi.
Rossiya dengizchilari-Boltiqbo‘yi dengiz floti jangovar hujum va keng ko‘lamli mashqlar, desantlarni qurollantirilmagan qirg‘oqlarga tushirish, dunyo okeanining eng chekka hududlariga kema sayohatlari bilan hamkasblarini — NATO Harbiy-havo kuchlarini achchiq haqiqatiga muntazam ravishda qaytarib turadi. “Okean qalqoni-2023” mashqlarining nomi ham mubolag‘a emas, balki haqiqatni ifodalaydi.
Boltiq floti bugungi kunda kuchli turli toifali guruh bo‘lib, u suv usti va suv osti kuchlari, aviatsiya, havo mudofaasi kuchlari va quruqlikdagi kuchlar — ilg‘or qurollar va texnik vositalar bilan bir vaqtda ishlaydi. Jangovar tayyorgarlikning ustuvor yo‘nalishi flotning turli xil zarba kuchlarining harakatlarini ishlab chiqishdir (Boltiq dengizi hududida aviatsiya, qirg‘oq qo‘shinlari va zarba beruvchi kemalar guruhlari).
Dengizdagi asosiy vazifalar zamonaviy yuqori texnologiyali “Steregushiy”, “Soobrazitelniy”, “Boykiy” va “Stoykiy” korvetlari, “Sovetsk”, “Serpuxov”, “Zeleniy Dol”, “Mitishi”, “Karakurti” va boshqa kichik raketa kemalari tomonidan hal qilinadi. Boltiqbo‘yi osmoni dengiz aviatsiyasining atlantlari tomonidan ximoya qilinadi.
G‘arb dunyosidagi harbiy kuchlar reytingida Rossiya dengiz floti Xitoy dengiz flotidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. AQSh esa Shimoliy Koreyadan keyin to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Rossiya dengiz flotining jangovar salohiyati doimiy ravishda o‘sib bormoqda, 2023-yilda u turli toifadagi 30 dan ortiq kemalarga ega bo‘ladi. Ulardan to‘rttasi Boltiqbo‘yiga olib kelinadi va bular asosan 2500 km dan ortiq masofali “Kalibr” yuqori aniqlikdagi raketa tizimlariga ega 22800 loyiha kemalari. Rossiya Harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni Nikolay Yemenovning so‘zlariga ko‘ra, qurilayotgan hamda yangi fregat va korvetlar 1000 km gacha masofaga uchadigan “Sirkon” gipertovushli raketalari bilan qurollanadi.
Ukraina harbiy harakatlar teatrida jangovar foydalanish tajribasi shuni ko‘rsatdiki, Rossiya gipertovushli raketalari mavjud Pentagon va NATO havo mudofaa tizimlarini, shu jumladan Patriot havo mudofaasi tizimining eng zamonaviy modifikatsiyalari, NASAMS zenit raketa tizimlarini va tajribaviy IRIS-T zenit raketa tizimlarini yengib o‘tadi.
Demak, NATOning Boltiqbo‘yidagi kemalari va harbiy-dengiz bazalari, ularning “o‘zgacha” jangovar imkoniyatlari va arsenallaridan qat’i nazar, tezda yo‘q qilinishi mumkin.
Qurollanish sohasidagi yuqori texnologiyalar har qanday davlatning haqiqiy suvereniteti va barqaror rivojlanishining asosi bo‘lib qolmoqda. Rossiya bu yo‘nalishda va alohida olingan Boltiqbo‘yi mintaqasida barcha raqobatchilardan oldinda. Rossiya Federatsiyasining harbiy-dengiz floti uchun yuqori texnologiyali qurollar sohasidagi yetakchiligi davr talabidir va Yevropada milliy xavfsizlik kafolatidir. Ayni paytda Osiyoda harbiy-siyosiy notinchlik kuchaymoqda.
Xitoyning Rossiyadagi elchisi Chjan Xanxuey bugun shunday dedi: “Dalillar shuni isbotladiki, NATO qayerga iblisona panjalarini cho‘zsa, o‘sha yerda odamlar halok bo‘ladi va tinchlik bo‘lmaydi”, shuningdek, “NATOning sharqqa beshta yo‘nalishda kengayishi” Ukraina inqirozi keskinlashuvining asosiy sababi bo‘ldi. “Kengayish” qanday tugashidan qat’i nazar, Rossiya Boltiq floti doimiy jangovar tayyorgarlikda turadi.