Dam olish kunlari harorat asta-sekin pasayadi — O‘zgidromet

© Sputnik / Aktan TemirkanovToshkent shahri
Toshkent shahri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, 5-avgust kuni shimoli-g‘arbiy hududlarga Janubiy Ural hududlaridan nisbatan nam va salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Dam olish kunlari harorat asta-sekin pasayadi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, bugun va ertaga O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati +35-38 daraja atrofida, ba’zi joylarda +40darajagacha, janubda ba’zi joylarda +42 darajagacha bo‘ladi.
Hududning katta qismida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat ertaga 5-avgust kuni shimoli-g‘arbiy hududlarga Janubiy Ural hududlaridan nisbatan nam va salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi va Xorazm viloyatida 5-avgust kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, havo harorati +32-37 darajagacha pasayadi.
Yakshanba kuni nisbatan nam va salqin havo massalari kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Kunduzgi harorat barcha joylarda +30-35, janubda +35-38 darajagacha pasayadi.
“Bulutlilik ko‘payishi kutilmoqda. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, shuningdek Buxoro, Navoiy viloyatlarida, kechasi esa Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Bugun shimolda, janubda va cho‘l hududlarda, dam olish kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon balan kuzatilishi mumkin. Qoraqalpog‘iston respublikasi va Xorazm viloyatida 4-avgust kuni shamolning kuchayishi ba’zida 20-25 m/s gacha yetishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0