Ukraina har kuni yuzlab askar yo‘qotmoqda: MV 3-avgust hisoboti

© AP Photo / Efrem LukatskyUkrainskie soldati vedut ogon po rossiyskim pozitsiyam na peredovoy v Zaporojskoy oblasti. Arxivnoe foto
Ukrainskie soldati vedut ogon po rossiyskim pozitsiyam na peredovoy v Zaporojskoy oblasti. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2023
Obuna bo‘lish
Ukraina qurolli kuchlari kun davomida Donesk, Janubiy Donesk, Kupansk va Krasniy Liman yo‘nalishlarida hujumga o‘tishga urindi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligining 3-avgust hisoboti:

Donetsk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhi DXRning Belogorovka, Berestovoe, Klesheyevka, Krasnogorovka va Mariinka aholi punktlari hududlarida dushmanning 8ta hujumini muvaffaqiyatli qaytardi. Hujumlarni qaytarishdan so‘ng rus qo‘shinlari chekinayotgan dushmanga qarshi hujumga o‘tdi va Berestovoe, Krasnogorovka va Mariinka aholi punktlari hududlarida front chizig‘i bo‘ylab pozitsiyasini yaxshiladi.
Ushbu yo‘nalishda kun davomida 380 nafargacha ukrainalik harbiylar, bitta tank, beshta zirhli jangovar mashina, to‘rtta avtomobil, Polshada ishlab chiqarilgan ikkita "Krab" o‘ziyurar artilleriya majmuasini, shuningdek, "Rapira" tankga qarshi to‘p yo‘q qilindi.
Janubiy-Donesk "Sharq" qo‘shinlar guruhi DXRning Ugledar, Prechistovka, Makarovka va Staromayorskoe aholi punktlari hududlarida UQKning ishchi kuchi va texnikasiga zarba berdi, Urojaynoe aholi punkti hududida dushman hujumini muvaffaqiyatli qaytardi.
Kun davomiada UQK ushbu yo‘nalishda 175 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, bitta tank, ikkita zirhli jangovar mashina, ikkita avtomobil, AQShda ishlab chiqarilgan ikkita M777 artilleriya tizimi, shuningdek, D-30 gaubitsasini yo‘qotdi.
Zaporoje yo‘nalishida rus bo‘linmalarining faol harakatlari, havo zarbalari va artilleriya otishmasi Orexov, Malaya Tokmachka, Novodanilovka va Patixatki aholi punktlari hududlarida dushmanga zarba berdi. Kun davomida UQK 45 nafar harbiy xizmatchi, ikkita tank, ikkita avtomobil, "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va D-20 gaubitsasini yo‘qotdi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" kuchlar guruhi Xarkov viloyatining Olshana, Pershotravneve va LXRning Kuzemovka aholi punktlari hududlarida yanada qulayroq pozitsiyalarni egalladi. LXRning Novoselovskoe aholi punkti hududida UQK 25-havo-desant brigadasi bo‘linmalarining hujumi muvaffaqiyatli qaytarildi.
Xarkov viloyatining Sinkovka, Petropavlovka, Kotlyarovka va LXRNing Stelmaxovka aholi punktlari hududlarida dushman ishchi kuchi va texnikasi to‘plangan hududlarga aviatsiya va artilleriya zarbalari barildi.
Bir sutkada 150 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, uchta avtomobil, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi LXRning Novovodanoe va Chervonaya Dibrova aholi punktlari hududlarida dushmanning ikkita hujumini muvaffaqiyatli qaytardi. Janglar davomida 30 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, bitta BMP va bitta BTR yo‘q qilindi.
Bundan tashqari, DXRning Grigorovka, Torskoe va LXRning Makeyevka aholi punktlari hududlarida UQK bo‘linmalariga havo va yerdan zarba berildi. Kun davomida ushbu yo‘nalishda 110 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar, uchta zirhli jangovar texnika, ikkita avtomobil, shuningdek, "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya majmuasi yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida bir sutkada 30 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, beshta texnika, shuningdek, "Msta-B" gaubitsasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi UQKning 106 ta tumanda joylashgan 97 ta artilleriya bo‘linmasiniyu ishchi kuchi va harbiy texnikaciga zarba berdi.
DXRning Memrik qishlog‘i yaqinida "Buk" zenit-raketa majmuasining uchirish moslamasi yo‘q qilindi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari kun davomida AQShda ishlab chiqilgan HIMARS reaktiv tizimining 11 ta raketasini va ikkita HARM antiradar tizimi raketalarini tutib oldi.
Bundan tashqari, Novovodanoe, Rubejnoe, Nikolayevka, Privole, Dokuchayevsk, Sportnoe, Kremenes, Berestovoe, Yevgenovka, Volodino, Shirokoe va Lyubimovka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 38 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 458 ta samolyot, 245 ta vertolot, 5 468 ta uchuvchisiz uchish apparati, 428 ta zenit-raketa majmuasi, 11 100 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1142 ta yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimlari jangovar mashinalari, 5731 ta dala artilleriya qurollari va minomotlar, shuningdek, 12 038 dona maxsus harbiy texnikasidan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0