Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi — u haqida nimalar ma’lum?

© Xokimiyat Tashkentskoy oblastiToshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2023
Obuna bo‘lish
Adliya katta maslahatchisi Sirojiddin Eshquvvatov Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Sirojiddin Eshquvvatov Toshkent viloyati prokurori bo‘ldi, deya xabar berdi Bosh prokuratura.
Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Sirojiddin Eshquvvatov Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
Eshquvvatov tayinlovga qadar Andijon viloyati prokurori lavozimida ishlagan.
Ma’lumot uchun, Eshquvvatov 1980-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2009-yilda Bosh prokuratura Oliy o‘quv kurslarini tamomlagan.
Yangiliklar lentasi
0