Toshkentning ayrim tumanlarida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi — manzillar
© Unsplash / Luis TostaSuv jo‘mragi
Obuna bo‘lish
Poytaxtning Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor va Uchtepa tumanlaridagi ayrim ko‘chalarida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Toshkent shahrining ayrim tumanlarida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi, deya xabar berdi “Veolia Energy Tashkent”.
Aytilishicha, isitish magistralidagi buzilishlarni bartaraf etish va jihozlarni almashtirish maqsadida, avariyaviy ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan bugun qator manzillarda issiq suv ta’minoti to‘xtatildi.
Issiq suv ta’minoti to‘xtatilgan manzillar:
Yunusobod tumani: Gidrometeorologiya markazi, 21-uy, Irrigatsiya instituti yotoqxonasi, Niyozbek yo‘li, 18-kvartal (4, 7, 8, 9, 10, 13, 14, 15, 15a, 17, 19, 19, 19a, 12, 22, 23, 24, 28-uylar).
Mirzo Ulug‘bek tumani: H. Olimjon maydoni, M-1 va M-2 (qisman).
Chilonzor tumani: Cho‘ponota ko‘chasi, 8 va 9-kvartallar (qisman), K. Sharq, Guliston, Algoritm massivlari, So‘galli ota ko‘chasi.
Uchtepa tumani: 30, 31-kvartal, Izza massivi, Taqachi, Rahibaboyev ko‘chalari.
"Avariyaviy ishlar soat 19.00 ga qadar yakunlanishiga qarab issiq suv ta’minotini tiklash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, kecha Toshkentning Mirobod, Yashnobod va Yunusobod tumanlarining ayrim joylarida ham issiq suv ta’minoti o‘chirilgan edi.