https://oz.sputniknews.uz/20230803/tadbirkor-alohida-soliqchi-37559302.html
Har bir tadbirkorga alohida soliqchi biriktiriladi
Har bir tadbirkorga alohida soliqchi biriktiriladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda har bir tadbirkorning muammosini hal qilish uchun alohida soliq xodimi mas’ul bo‘ladi. 1-sentabrdan boshlab tadbirkorlik subyektlari yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha hisobot topshirmaydi. Bu ishlar bilan mahallaga biriktirilgan soliqchilar shug‘ullanadi.2024 yil 1-yanvardan esa kichik biznes subyektlari va fermerlarning hisobotini soliq idoralari elektron shaklda yuritadigan tizim bo‘ladi.
2023-08-03T16:29+0500
2023-08-03T16:29+0500
2023-08-03T16:37+0500
iqtisod
tadbirkor
soliq
shavkat mirziyoyev
toshkent viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/03/37561731_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_0f5405bebbaccdafd84574711947f49c.jpg
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekistonda har bir tadbirkorning muammosini hal qilish uchun alohida soliq xodimi mas’ul bo‘ladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi.Bunda yillik aylanmasi:1 sentabrdan boshlab tadbirkorlik subyektlari yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha hisobot topshirmaydi. Bu ishlar bilan mahallaga biriktirilgan soliqchilar shug‘ullanadi.2024 yil 1-yanvardan esa kichik biznes subyektlari va fermerlarning hisobotini soliq idoralari elektron shaklda yuritadigan tizim bo‘ladi.Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasiga soliq idoralarini korrupsiyadan xoli tuzilmaga aylantirish, xodimlarining ma’naviy-axloqiy qiyofasini yaxshilash bo‘yicha tizim yaratish topshirildi.Avvalroq Shavkat Mirziyoyev 26 ta shahar soliq idoralari rahbarlarini ishdan bo‘shatgani xabar qilingan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/03/37561731_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_929c5a5a05415868f3fd7b35feb3fd4b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tadbirkor alohida soliqchi
tadbirkor alohida soliqchi
Har bir tadbirkorga alohida soliqchi biriktiriladi
16:29 03.08.2023 (yangilandi: 16:37 03.08.2023) 1 sentabrdan boshlab tadbirkorlik subyektlari yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha hisobot topshirmaydi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekistonda har bir tadbirkorning muammosini hal qilish uchun alohida soliq xodimi mas’ul bo‘ladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda
ma’lum qildi. 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan mikro biznes vakillari bilan mahalladagi soliq xodimlari;
10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan kichik tadbirkorlar bilan tuman soliq rahbari va uning o‘rinbosarlari;
100 mlrd so‘mgacha bo‘lgan o‘rta biznes korxonalari bilan viloyat soliq rahbari va uning o‘rinbosarlari;
100 mlrd so‘mdan yuqori bo‘lgan yirik korxonalar bilan esa Soliq qo‘mitasi o‘rinbosarlari shaxsan ishlab, ularning muammolarini hal qilib boradi.
1 sentabrdan boshlab tadbirkorlik subyektlari yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha hisobot topshirmaydi. Bu ishlar bilan mahallaga biriktirilgan soliqchilar shug‘ullanadi.
2024 yil 1-yanvardan esa kichik biznes subyektlari va fermerlarning hisobotini soliq idoralari elektron shaklda yuritadigan tizim bo‘ladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasiga soliq idoralarini korrupsiyadan xoli tuzilmaga aylantirish, xodimlarining ma’naviy-axloqiy qiyofasini yaxshilash bo‘yicha tizim yaratish topshirildi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev 26 ta shahar soliq idoralari rahbarlarini ishdan bo‘shatgani
xabar qilingan edi.