Shavkat Mirziyoyev Ashxobodga boradi — tashrifdan maqsad

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev. Arxivnoe foto
Shavkat Mirziyoyev. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlarining uch tomonlama sammitida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston tomonining taklifiga binoan 4-avgust kuni amaliy tashrif bilan Ashxobod shahrida bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajada uchrashuvlar o‘tkazish hamda O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlarining uch tomonlama sammitida ishtirok etish rejalashtirilgan.
Tadbirlar davomida mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ashxobod shahrida O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlarining sammiti bo‘lib o‘tishi va sammitga tayyorgarlik ko‘rishni uch mamlakat tashqi ishlar vazirlari muhokama qilgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0