O‘zbekiston maxsus kuchlari Issiq-ko‘lda mashg‘ulotlarni yakunladi — foto

Obuna bo‘lish
Ikki davlat harbiy xizmatchilari maxsus taktik, o‘t o‘chirish va tog‘li hududda tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston “spesnazi” hamda saporlari Baliqchida mashg‘ulot o‘tkazdi, deya xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston.
Xabarda aytilishicha, hafta davomida ikki davlat harbiy xizmatchilari maxsus taktik, o‘t o‘chirish va tog‘li hududda tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Muhandislik va sapor bo‘linmalari uchun maxsus darslar o‘tkazildi.
Alohida xizmat ko‘rsatgan harbiy xizmatchilarni Qirg‘iziston Mudofaa vaziri diplom va medallar bilan taqdirladi.
© Sputnik Kyrgyzstan
Spesnaz i saperi Kirgizstana i Uzbekistana zavershili sovmestnie ucheniya v Balikchi - Sputnik O‘zbekiston
1/5
© Sputnik Kyrgyzstan
Spesnaz i saperi Kirgizstana i Uzbekistana zavershili sovmestnie ucheniya v Balikchi - Sputnik O‘zbekiston
2/5
© Sputnik Kyrgyzstan
Spesnaz i saperi Kirgizstana i Uzbekistana zavershili sovmestnie ucheniya v Balikchi - Sputnik O‘zbekiston
3/5
© Sputnik Kyrgyzstan
Spesnaz i saperi Kirgizstana i Uzbekistana zavershili sovmestnie ucheniya v Balikchi - Sputnik O‘zbekiston
4/5
© Sputnik Kyrgyzstan
Spesnaz i saperi Kirgizstana i Uzbekistana zavershili sovmestnie ucheniya v Balikchi - Sputnik O‘zbekiston
5/5
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Qirg‘iziston milliy gvardiya maxsus va muhandis-sapor bo‘linmalari Issiqko‘lda o‘quv mashg‘ulotlari boshlashgan edi. Mashg‘ulotlar 2-avgustga qadar 20636-sonli harbiy qismning o‘quv markazida o‘tkazildi.
Shuningdek, iyul oyida Xorazm viloyatidagi “Yangiariq” umumqo‘shin poligoni bazasida joylashgan va Mudofaa vazirligi bo‘linmalarini cho‘l sharoitida tayyorlash markazida Qozog‘iston mudofaa vazirligi maxsus bo‘linmalarining bir guruh harbiy xizmatchilari tahsil olishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0