https://oz.sputniknews.uz/20230803/ozbekiston-qirgiziston-poytaxt-savdo-uyi-tashkil-etish-37541398.html
Toshkent va Bishkekda savdo uylari tashkil etiladi
Toshkent va Bishkekda savdo uylari tashkil etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent va Bishkek shaharlari hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirmoqchi.
2023-08-03T09:51+0500
2023-08-03T09:51+0500
2023-08-03T14:39+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qirg‘iziston
toshkent
shavkat umurzoqov
elchi
savdo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/03/37540760_0:0:1000:563_1920x0_80_0_0_25d6ca66fadf654c04ab65b82e3d5e6c.jpg
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Bishkekda Toshkent savdo uyi, Toshkentda esa Bishkek savdo uyini tashkil etish ishlari jadallashtiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Musa Djamanbayev bilan uchrashdi.Poytaxt hokimi uzoq yillik do‘stlik va qardoshlik asosida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.Musa Djamanbayev Bishkekda Toshkent savdo uyi hamda Toshkent shahrida Bishkek savdo uyini tashkil etish ishlarini jadallashtirish taklifini bildirdi.Shavkat Umurzoqov Qirg‘iziston elchisining taklif va tashabbuslari Toshkent uchun alohida ahamiyatli ekanligini qayd etib, har bir yo‘nalishda birgalikda ishlashga, mavjud aloqalarni har tomonlama kengaytirish va rivojlantirishga tayyorligini aytib o‘tdi.Eslatib o‘tamiz, avvlroq Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Beybut Atamkulov Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov bilan uchrashgan edi. Unda elchi Qozog‘istonda Toshkent savdo uyini ochishni taklif etgan edi.
o‘zbekiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/03/37540760_1:0:944:707_1920x0_80_0_0_764b340378cdd0ac616a141da090b1d3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston qirg‘iziston poytaxt savdo uyi toshkent bishkek shavkat umurzoqov musa djamanbayev
o‘zbekiston qirg‘iziston poytaxt savdo uyi toshkent bishkek shavkat umurzoqov musa djamanbayev
Toshkent va Bishkekda savdo uylari tashkil etiladi
09:51 03.08.2023 (yangilandi: 14:39 03.08.2023) Toshkent va Bishkek shaharlari hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirmoqchi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Bishkekda Toshkent savdo uyi, Toshkentda esa Bishkek savdo uyini tashkil etish ishlari jadallashtiriladi. Bu haqda
Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Musa Djamanbayev bilan uchrashdi.
Poytaxt hokimi uzoq yillik do‘stlik va qardoshlik asosida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.
Musa Djamanbayev Bishkekda Toshkent savdo uyi hamda Toshkent shahrida Bishkek savdo uyini tashkil etish ishlarini jadallashtirish taklifini bildirdi.
“Toshkent bilan Bishkek va O‘sh shaharlari o‘rtasida birodarlik aloqalari yo‘lga qo‘yilganligiga ahamiyat qaratib, shaharlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ijtimoiy, investitsion va boshqa loyihalarni ko‘paytirish, shaharlar delegatsiyalarining o‘zaro manfaatli tashrifini amalga oshirishni taklif qildi”, - deyiladi xabarda.
Shavkat Umurzoqov Qirg‘iziston elchisining taklif va tashabbuslari Toshkent uchun alohida ahamiyatli ekanligini qayd etib, har bir yo‘nalishda birgalikda ishlashga, mavjud aloqalarni har tomonlama kengaytirish va rivojlantirishga tayyorligini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, avvlroq Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Beybut Atamkulov Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov bilan uchrashgan edi. Unda elchi Qozog‘istonda Toshkent savdo uyini ochishni taklif
etgan edi.