Ostonada afg‘on tovarlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi — video

Obuna bo‘lish
Ostonada Qozog‘iston-Afg‘oniston biznes forumi va afg‘on tovarlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Ostonada 3-avgust kuni Qozog‘iston – Afg‘oniston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi, 4-5 avgust kunlari afg‘on tovarlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Unda an’anaviy sharq tovarlari – quritilgan mevalar, fors gilamlari, zargarlik buyumlaridan tashqari, sayyoramizdagi eng qimmat ziravor bo‘lmish za’faron ham taqdim etiladi.
Ko‘rgazma oldidan, bugun 3-avgust kuni, Qozog‘iston – Afg‘oniston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Biznes-forumi doirasida umumiy qiymati qariyb 190,8 million dollarlik eksport shartnomalari imzolandi, deb xabar bermoqda Sputnik Qozog‘iston muxbiri.
Shartnomalar doirasida kompaniya Afg‘onistonga umumiy qiymati 23 milloin dollarlik 100 ming tonnaga bug‘doy yetkazib berish haqida shartnoma imzolandi.
Undan tashqari un va o‘simlik moyi va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari,yetkazib berish bo‘yicha jami 15 ta shartnoma imzolandi.
Ostona shahrida bugun bo‘lib o‘tayotgan Qozog‘iston-Afg‘oniston biznes-forumida 200 dan ortiq vakillar kelgan.
Yangiliklar lentasi
0