https://oz.sputniknews.uz/20230803/modi-putin-briks-sammiti-37558200.html
Modi Putin yo‘qligi sababli BRIKS sammitiga bormaydi — OAV
Modi Putin yo‘qligi sababli BRIKS sammitiga bormaydi — OAV
Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Afrika Respublikasida bo‘lib o‘tadigan sammitda Rossiya nomidan Lavrov va Peskovlar ishtirok etadi.
2023-08-03T16:04+0500
2023-08-03T16:04+0500
2023-08-04T11:46+0500
dunyoda
briks (brics)
narendra modi
vladimir putin
sammit
janubiy afrika respublikasi (jar)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/08/27898884_365:608:2798:1977_1920x0_80_0_0_c6420597439cf7678b97713e1ec0f0bd.jpg
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Rossiya prezidenti Vladimir Putin BRIKS sammitida ishtirok etmasligi sababli tadbirda shaxsan ishtirok etishdan bosh tortdi, deb xabar berdi Hindiston hukumatidagi manba RIA Novosti agentligiga. Eslatib o‘tamiz, 22-24 avgust kunlari JAR poytaxti Yoxannesburgda BRICS davlat rahbarlari kongressi bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiyadan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ishtirok etadi. Avvalroq e’lon qilganidek, Vladimir Putin sammitda videoaloqa orqali ishtirok etadi.Bir kun oldin "Reyter" Modi ham tadbirda onlayn ishtirok etish bilan cheklanishi mumkinligini xabar qilgan edi. Bundan tashqari, agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, assotsiatsiya a’zolari o‘rtasida uning kengayishi borasida qarama-qarshiliklar mavjud: Rossiya va Xitoy bu masalani muhokama qilishdan manfaatdor ekani aytiladi, Hindiston esa bu g‘oyaga shubha bilan qaraydi.BRIKS (BRICS) — Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika davlatlaridan iborat tashkilotdir. Ayni damda Argentina, Eron, Jazoir, Tunis, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Misr kabi kamida 19 davlat ushbu iqtisodiy blokka kirish istagini bildirgan.
janubiy afrika respublikasi (jar)
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/08/27898884_734:602:2544:1960_1920x0_80_0_0_928a2c4472cb8034a275373dc4cd9f3d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
janubiy afrika respublikasi brics briks sammit rossiya putin modi hindiston
janubiy afrika respublikasi brics briks sammit rossiya putin modi hindiston
Modi Putin yo‘qligi sababli BRIKS sammitiga bormaydi — OAV
16:04 03.08.2023 (yangilandi: 11:46 04.08.2023) Janubiy Afrika Respublikasida bo‘lib o‘tadigan sammitda Rossiya nomidan Lavrov va Peskovlar ishtirok etadi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Rossiya prezidenti Vladimir Putin BRIKS sammitida ishtirok etmasligi sababli tadbirda shaxsan ishtirok etishdan bosh tortdi, deb xabar berdi Hindiston hukumatidagi manba RIA Novosti agentligiga.
“Sammitda Hindiston vitse-prezidenti yoki tashqi ishlar vaziri ishtirok etadi”, — dedi manba.
Eslatib o‘tamiz, 22-24 avgust kunlari JAR poytaxti Yoxannesburgda BRICS davlat rahbarlari kongressi bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiyadan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ishtirok etadi. Avvalroq e’lon qilganidek, Vladimir Putin sammitda videoaloqa orqali ishtirok etadi.
Bir kun oldin "Reyter" Modi ham tadbirda onlayn ishtirok etish bilan cheklanishi mumkinligini xabar qilgan edi. Bundan tashqari, agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, assotsiatsiya a’zolari o‘rtasida uning kengayishi borasida qarama-qarshiliklar mavjud: Rossiya va Xitoy bu masalani muhokama qilishdan manfaatdor ekani aytiladi, Hindiston esa bu g‘oyaga shubha bilan qaraydi.
BRIKS (BRICS) — Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika davlatlaridan iborat tashkilotdir. Ayni damda Argentina, Eron, Jazoir, Tunis, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Misr kabi kamida 19 davlat ushbu iqtisodiy blokka kirish istagini bildirgan.