MDH o‘yinlarida ishtirok etuvchi o‘zbekistonlik bokschilar tarkibi ma’lum bo‘ldi

© Ministerstvo molodejnoy politiki i sporta Boks bo‘yicha jahon chempionati
Boks bo‘yicha jahon chempionati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2023
Obuna bo‘lish
MDH o‘yinlaridagi boks bo‘yicha bellashuvlar 6-13 kunlari o‘tkaziladi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik 25 nafar bokschi MDH o‘yinlarida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.
Belarus poytaxti Minsk shahrida II MDH o‘yinlari boshlanmoqda. 6-13 kunlari esa o‘yinlarda boks bo‘yicha bellashuvlar o‘tkaziladi.
O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlarda quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
Erkaklar:
1.
-48 kg: Sobirjon Tastanov
2.
-51 kg: Miralijon Mavlonov
3.
-54 kg: Samandar Olimov
4.
-57 kg: Shohrux Abdumalikov
5.
-60 kg: Abdulloh Madaminov
6.
-63,5 kg: Boburbek Bobojonov
7.
-67 kg: Murodbek Baxriddinov
8.
-71 kg: Shavkatjon Boltayev
9.
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev
10.
-80 kg: Javohir Ummataliyev
11.
-86 kg: Abdulaziz Abdurahmonov
12.
-92 kg: Halimjon Mamasoliyev
13.
+92 kg: Ravshanjon Soliyev
Ayollar:
1.
-48 kg: Gulsevar G‘aniyeva
2.
-50 kg: Robiyaxon Baxtiyorova
3.
-52 kg: Zilolaxon Yusufova
4.
-54 kg: Uzukjamol Yunusova
5.
-57 kg: Mushtariybonu Ibrohimjonova
6.
-60 kg: Odinaxon Ismoilova
7.
-63 kg: Sitora Bahodirova
8.
-66 kg: Aysanem Saruarova
9.
-70 kg: Oysha Toirova
10.
-75 kg: Sanobar Bozorboyeva
11.
-81 kg: Oltinoy Sotimboyeva
12.
+81 kg: Diyoraxon Abdumannobova
Murabbiylar: Olim Muhamedov, Nodir Gulamov, Sirojiddin Naimov, Sherzodbek Ahmadjonov, Azim Xudoykulov, Ahmadali Qo‘chqorov, Shahzoda Umarova. Bekjon Yusupov musobaqada hakam sifatida ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, kecha o‘zbekistonlik sportchilar MDH davlatlarining II o‘yinlarida ishtirok etish uchun Minsk shahriga yetib kelishdi. MDH o‘yinlari 4-14 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar Belarusning 11 ta shahrida sportning 21 turi bo‘yicha o‘tkaziladi.
MDH o‘yinlarda 3 mingga yaqin sportchi, murabbiylar, hakamlar, tibbiyot xodimlari va boshqalar ishtirok etishi kutilmoqda. O‘yinlarda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston sport delegatsiyalari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0