https://oz.sputniknews.uz/20230803/barcha-amaldorlari-mahalliy-mashinalarda-yurishi-kerak-dedi-putin-37563389.html
Barcha amaldorlar mahalliy mashinalarda yurishi kerak — Putin
Barcha amaldorlar mahalliy mashinalarda yurishi kerak — Putin
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya prezidenti amaldorlarni mahalliy mashinalarda yurishga chaqirdi. Shu tariqa ularda sanoat va brendlarni rivojlantirishda ko‘proq intilish paydo bo‘ladi.
2023-08-03T17:25+0500
2023-08-03T17:25+0500
2023-08-03T20:20+0500
rossiya
vladimir putin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/03/37563935_0:0:2918:1642_1920x0_80_0_0_120f26f9ac0a4ae595912f6ba6205a00.jpg
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Rossiyaning barcha amaldorlari mahalliy avtomobillarda yurishi kerak, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari bilan uchrashuvda. RIA Novosti xabariga asosan.Prezident vazirlik va idoralar xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillarni xarid qilishni davom ettirayotganini va ulardan voz kechishni istamayotganini ta’kidladi. Prezident aytishiga ko‘ra, "biroz kamtarroq bo‘lishsa, dahshatli hech narsa bo‘lmaydi". Davlat rahbari fikriga ko‘ra, importdan umuman voz kechish kerak emas, lekin asosiy e’tibor mahalliy ishlab chiqaruvchilarga qaratilishi kerak.Iyul oyi boshida Davlat Dumasi spikeri Vacheslav Volodin davlat organlari va budjet muassasalari uchun davlat xaridlarida mahalliy avtomobil sanoatiga e’tibor qaratishga chaqirdi. "Yedinaya Rossiya" deputati Sulton Hamzayev ham amaldorlarni rus avtomobillariga o‘tkazish g‘oyasi bilan chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu, birinchi navbatda, senatorlar va Davlat Dumasi deputatlariga tegishli bo‘lishi kerak.Biroz oldin Sochida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada Rossiya prezidentiga Avto VAZ tomonidan ishlab chiqilgan uzaytirilgan "Lada Vesta" avtomobili ham taqdim etilgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/03/37563935_0:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_a34d85aadc12120e2b237827fe94e101.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya prezident amaldor mahalliy mashina
rossiya prezident amaldor mahalliy mashina
Barcha amaldorlar mahalliy mashinalarda yurishi kerak — Putin
17:25 03.08.2023 (yangilandi: 20:20 03.08.2023) Rossiya prezidenti fikriga ko‘ra, amaldorlar mahalliy mashinalardan foydalangan taqdirda ularda mahalliy sanoat va brendlarni rivojlantirishga ko‘proq intilish paydo bo‘ladi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Rossiyaning barcha amaldorlari mahalliy avtomobillarda yurishi kerak, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari bilan uchrashuvda. RIA Novosti
xabariga asosan.
Prezident vazirlik va idoralar xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillarni xarid qilishni davom ettirayotganini va ulardan voz kechishni istamayotganini ta’kidladi.
"Men buni mutlaqo istisno qilish kerakligini aytdim. Mamlakatning barcha amaldorlari esa mahalliy avtomobillarda yurishi kerak", - dedi davlat rahbari.
Prezident aytishiga ko‘ra, "biroz kamtarroq bo‘lishsa, dahshatli hech narsa bo‘lmaydi".
“Aksincha, bu hatto yaxshi bo‘ladi, bizning ajoyib amaldorlarimiz, mahalliy sanoat, mahalliy brendlarni rivojlantirishga intilishi kerak. Hayot sifatini yaxshilash esa, birinchi navbatda, shunga qaratilgan bo‘lishi kerak", - deb qo‘shimcha qildi Putin.
Davlat rahbari fikriga ko‘ra, importdan umuman voz kechish kerak emas, lekin asosiy e’tibor mahalliy ishlab chiqaruvchilarga qaratilishi kerak.
Iyul oyi boshida Davlat Dumasi spikeri Vacheslav Volodin davlat organlari va budjet muassasalari uchun davlat xaridlarida mahalliy avtomobil sanoatiga e’tibor qaratishga chaqirdi. "Yedinaya Rossiya" deputati Sulton Hamzayev ham amaldorlarni rus avtomobillariga o‘tkazish g‘oyasi bilan chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu, birinchi navbatda, senatorlar va Davlat Dumasi deputatlariga tegishli bo‘lishi kerak.
Biroz oldin Sochida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada Rossiya prezidentiga Avto VAZ tomonidan ishlab chiqilgan uzaytirilgan "Lada Vesta" avtomobili ham taqdim etilgan edi.