Ukraina “qarshi hujumi”ning ikkinchi bosqichi — muvaffaqiyatsizlik davom etmoqda

© AP Photo / Efrem LukatskyUkrain askarlari, arxiv surat
Ukrain askarlari, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2023
Obuna bo‘lish
AQShning “Ukraina loyihasi” o‘zini oqlamadi, ammo ukrainlaliklarni qurbon qilish orqali harbiy harakatlarni davom ettirish, Rossiyani bir muncha vaqt harbiy harakatlarga jalb qilishi va AQSh “gegemoniyasi” tugashi hamda ko‘p qutbli dunyo shakllanishini sekinlashtiradi.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. G‘arb OAVlaridagi Ukrainaning “sekin, ammo ishonchli” hujumi haqidagi afsonalardan farqli o‘laroq, frontdagi voqealar tez sur’atlarda va teskari yo‘nalishda rivojlanmoqda.
Aslida, UQK ikki oy davomida joyidan qimirlay olmay, askarlar va texnikasida katta yo‘qotishlarga va mag‘lubiyatga duchor bo‘lmoqda. Rossiya qo‘shinlari bir necha yo‘nalishda oldinga siljimoqda, aholi punktlarini ozod qilmoqda va dushman orqa frontiga, Polsha va Ruminiyaning sharqiy chegaralarigacha faolroq kombinatsiyalangan zarbalar bermoqda. 2023-yildagi Kiyev rejimi o‘zining so‘nggi oylarini yashamoqda.
Ukraina armiyasi 4-iyundan beri maxsus harbiy operatsiya hududida 26 000 dan ortiq askarini, jumladan, NATO instruktorlari tomonidan o‘qitilgan askarlarini yo‘qotdi.
Ikki oy ichida UQKning 400 dan ortiq tanklari Rossiya zarbalaridan yonib kul bo‘ldi, ularning uchdan ikki qismi G‘arb tanklari edi. 900 dan ortiq zirhli texnikalar, shu jumladan, Amerikaning o‘nlab "Bradley" piyoda jangovar mashinalari yo‘q qilindi. Ukrainaning “Baxmutni qaytarib olishga” bo‘lgan barcha urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi, Zaporojye yo‘nalishidagi hujum harakatlari to‘xtab qoldi.
Rossiya qo‘shinlarining frontning Svatovo-Kremennaya-Kupansk yo‘nalishida muvaffaqiyatli yurishi UQK qo‘mondonligini zaxiralarni shimolga, Xarkov viloyatiga o‘tkazishga majbur qildi va shu bilan dastlab Melitopol hamda Berdanskka yo‘naltirilgan qo‘shinlarning janubiy guruhini zaiflashtirdi. G‘arbni 155 mm artilleriya snaradlarining tanqisligi va yaqin besh yil ichida arsenallarni to‘ldirishga umid yo‘qligi ko‘proq tashvishlantirmoqda. Vashington, Brussel, London va Kiyevga Rossiya bilan uning shartlari bo‘yicha muzokaralar masalasi doimiy hatardan darak bermoqda.

G‘arb tomonidan e’lon qilingan UQK “qarshi hujumi” ikkinchi bosqichining boshlanishi birinchisining muvaffaqiyatsizligidan farq qilmaydi. 31-iyul kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning ma’lum qilishicha, 26-27 iyul kunlari Zaporojye yo‘nalishidagi Rabotino qishlog‘i hududida UQK 400 ta askar, 30 tadan ortiq tank va 30 ta zirhli mashinalarini yo‘qotgan.

31 iyulga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Xarkov, Xerson, Slavansk, Kramatorskdagi dushman nishonlariga, shuningdek, Zaporojye viloyati, Orexov va Dnepropetrovskdagi UQKning zaxiralariga qo‘shma hujumlar amalga oshirdi. Odessa, Nikolayev, Ochakov, Izmail, Reni shaharlarida UQKning port infratuzilmasi vayron qilindi.
Kiyev rejimi avval ham, hozir ham Rossiya Qurolli Kuchlari nazorati ostida bo‘lgan Staromayorskiy qishlog‘i hududidagi muvaffaqiyatlar haqida muddatidan oldin xabar berdi. Svatovskiy viloyatida UQK bo‘linmalari Novoyegorovka va Nadejda qishloqlari orasidagi balandlikdan siqib chiqarildi. Rossiyaning Liman yo‘nalishidagi hujumi ikki kun ichida front bo‘ylab 12 km oldinga va Lugansk Xalq Respublikasi hamda Xarkov viloyatining tutashgan joyida dushman mudofaasiga 3 km kirishga imkon berdi. Qrim yarim oroli NATOning ukrainalik qo‘g‘irchoqlari uchun “o‘tib bo‘lmaydigan hudud” bo‘lib qolmoqda.

Haqiqatga qaytish

4 iyundan boshlab UQKning asosiy harakatlari Zaporojye yo‘nalishiga qaratilgan edi. Azov dengizi va Qrimga tezkor kirishdan tashqari, ZAESni egallab olish bilan Energodarga ham taktik desant kirgizish rejalashtirilgan edi. Biroq, Ukraina qo‘shinlarining kuchlari, vositalari va tayyorgarligi dastlab vazifalarning ko‘lami va murakkabligiga mos kelmadi. Rossiyaning chuqur mudofaasi ko‘p darajali razvedka, hujumchi samolyotlar, artilleriya va kuchli, muntazam ravishda minalangan maydonlarning ustunligi NATO qo‘shinlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvga moslab yaratilgan. Pentagon o‘z rejalari barbod bo‘lganini va Ukrainadagi amerikalik generallarning o‘limini yashirishga urinayotgani bejiz emas. Xo‘sh, nima uchun UQKning “qarshi hujumi” boshlandi?
G‘arb muqarrar geosiyosiy muvaffaqiyatsizlik ko‘lamini va Kiyev qo‘g‘irchoqlarining faraz qilingan muvaffaqiyati oqibatlarini ancha oldin anglab bo‘lgan. “Ukraina loyihasi” aniq AQSh va NATOning umidlarini oqlamadi, ammo UQKning qurbonligi Rossiyani bir muncha vaqt muammolar bilan “yuklash” va G‘arb “gegemoniyasi” parchalarini saqlab qolish imkonini beradi. Shuningdek, ko‘p qutbli dunyo, teng va bo‘linmas xalqaro xavfsizlik tizimining shakllanishini sekinlashtiradi.
Amerikaliklar Ukrainada Rossiya nazoratini kengaytirish muqarrarligini anglab yetdi va “o‘ta xavfli” (eskirgan) “Abrams” tanklari va xuddi shunday samarasiz (ikkinchi qo‘l) to‘rtinchi avlod F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berishni tezlashtirish niyatida.

E’tibor bering, faqat Rossiya Aerokosmik kuchlari bilan miqdoriy tenglik uchun G‘arb homiylari UQKga o‘q-dorilar, uchuvchilar va texnik xodimlarni tayyorlash xarajatlarini hisobga olmaganda, kamida 1000 ta qiruvchi samolyot topshirishi kerak. Ularning umumiy miqdori 100 milliard dollar bo‘ladi.

UQKning jangovar boshqaruv tizimini saqlab qolishga, Ilon Mask UQKni sun’iy yo‘ldosh aloqasidan uzib qo‘ymasligi uchun Pentagon 500 ta Starlink terminalini sotib oldi. Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning “Tobol” elektron urush tizimlari ushbu tizimni tobora ko‘proq ishdan chiqarmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqinda bo‘lib o‘tgan Rossiya-Afrika sammitida Moskva NATO bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvni istamasligini, lekin bunga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu shunchaki gap emas. Rossiya armiyasi o‘z kuchini va jangovar samaradorligini oshirmoqda, mudofaa sanoati yil davomida qurol va o‘q-dorilar ishlab chiqarishni 10 baravarga oshirdi. G‘arbning UQK ishonchli g‘alabasiga bo‘lgan umidlari ko‘z o‘ngida so‘nmoqda. Texnologik jihatdan teng dushman bilan to‘qnashuvda NATO davlatlarining harbiy doktrinasi va harbiy-sanoat kompleksi samarasiz bo‘lib chiqdi (avvalroq “uchinchi dunyo” mamlakatlaridagidan ham). Ukrainaning demilitarizatsiyasi va denatsifikatsiyasi tobora aniq muddat va geografik ko‘rinishga ega bo‘lmoqda.
Yangiliklar lentasi
0