Toshkentning ayrim joylarida issiq suv ta’minoti o‘chirildi — manzillar

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishKran, arxiv surat
Kran, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2023
Obuna bo‘lish
Issiq suv ta’minotini tiklash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Bugun Toshkentning Mirobod, Yashnobod va Yunusobod tumanlarining ayrim joylarida issiq suv ta’minoti o‘chirildi. Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” xabar berdi.
Isitish magistralidagi buzilishlarni bartaraf etish maqsadida Shevchenko ko‘chasida avariyaviy ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim manzillarda issiq suv ta’minoti to‘xtatildi:
Mirobod tumani: Gospitalniy massivi, S.Baraka, Nukus, Shahrisabz, Shevchenko, Oybek, S.Azimov, Chexov, Chimkent, Avliyo ota, Afrosiyob ko‘chalari.
Yashnobod tumani: S.Azimov, Gogol, Istiqlol, Istiqbol ko‘chalari.
Yunusobod tumani: Zarafshon ko‘chasi bo‘ylab 3 ta ma’muriy bino.
Aytilishicha, avariyaviy ishlar soat 19.00 ga qadar yakunlanishi qarab bugun issiq suv ta’minotini tiklash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0