https://oz.sputniknews.uz/20230802/shavkat-mirziyoev-bir-necha-banklar-rahbarini-ishdan-boshatdi-37537395.html
Shavkat Mirziyoyev bir necha bank rahbarlarini ishdan bo‘shatdi
Shavkat Mirziyoyev bir necha bank rahbarlarini ishdan bo‘shatdi
Sputnik O‘zbekiston
Maqsadsiz sarflangan va qaytarilmagan kreditlar miqdori ko‘p bo‘lgan bir necha banklar rahbarlari o‘z lavozimidan ozod qilindi.
2023-08-02T22:06+0500
2023-08-02T22:06+0500
2023-08-02T22:09+0500
jamiyat
iqtisod
bank
shavkat umurzoqov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1c/37317556_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_092092ac164cb6ff8aa7bb472713f3c3.jpg
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga bo‘lib o‘tayotgan tashrifi davomida bir necha bank rahbarlarini ishdan bo‘shatdi. Bundan tashqari, o‘z vaqtidan to‘lanmagan kreditlar miqdori yuqori bo‘lgan 15 ta tuman va shahar banklari rahbarlarini to‘liq yangilash masalasini ko‘rib chiqish tavsiya etildi.Bunday choralar qabul qilinishiga sabab, 3 trilion so‘m o‘z vaqtida qaytarilmagan kreditlar va 68 milliard so‘m maqsadsiz sarflangan kreditlar deyilmoqda. Bundan tashqari, hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlarda 2,5 mingta holatda 68 milliard so‘m kreditlar maqsadsiz sarflangani aniqlangan.Ushbu majlisda biroz oldin soliq idoralarining 30 ga yaqin rahbarlari o‘z lavozimlaridan ozod qilingani haqida ma’lum bo‘lgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1c/37317556_39:0:1175:852_1920x0_80_0_0_14228142627e040d6037bd3099ecf1de.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
prezident shavkat mirziyoyev bank kredit ishdan bo‘shash
prezident shavkat mirziyoyev bank kredit ishdan bo‘shash
Shavkat Mirziyoyev bir necha bank rahbarlarini ishdan bo‘shatdi
22:06 02.08.2023 (yangilandi: 22:09 02.08.2023) Maqsadsiz sarflangan va qaytarilmagan kreditlar miqdori ko‘p bo‘lgan bir necha banklar rahbarlari o‘z lavozimidan ozod qilindi.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga bo‘lib o‘tayotgan tashrifi davomida bir necha bank rahbarlarini ishdan bo‘shatdi.
Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlari Markaziy bank rahbarlarini, Xalq bankining Namangan va Surxondaryo, “Agrobank”ning Andijon va Farg‘ona hamda “Mikrokreditbank”ning Toshkent viloyatlari rahbarlarini lavozimidan ozod etildi.
Bundan tashqari, o‘z vaqtidan to‘lanmagan kreditlar miqdori yuqori bo‘lgan 15 ta tuman va shahar banklari rahbarlarini to‘liq yangilash masalasini ko‘rib chiqish tavsiya etildi.
Bunday choralar qabul qilinishiga sabab, 3 trilion so‘m o‘z vaqtida qaytarilmagan kreditlar va 68 milliard so‘m maqsadsiz sarflangan kreditlar deyilmoqda.
Banklar kesimida eng ko‘p muammoli kreditlar Xalq banki, “Mikrokreditbank” va “Agrobank” hissasiga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida ishlar ahvoli qoniqarsiz.
Bundan tashqari, hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlarda 2,5 mingta holatda 68 milliard so‘m kreditlar maqsadsiz sarflangani aniqlangan.
Ushbu majlisda biroz oldin soliq idoralarining 30 ga yaqin rahbarlari o‘z lavozimlaridan ozod qilingani haqida ma’lum bo‘lgan edi.