Shavkat Mirziyoyev 26 ta soliq idoralari rahbarini ishdan bo‘shatdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev osvobodil ot doljnosti 26 rukovoditeley nalogovix organov
Shavkat Mirziyoyev osvobodil ot doljnosti 26 rukovoditeley nalogovix organov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2023
Obuna bo‘lish
Prezident soliq jamlash bo‘yicha samaradorligi past bo‘lgan tuman va shahar soliq idoralari rahbarlarini ishdan bo‘shatdi.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 26 ta shahar soliq idoralari rahbarlarini ishdan bo‘shatdi. Bu haqida prezidentning Toshkent viloyatiga amalga oshirilgan tashrifi davomida ma’lum bo‘ldi.

Qo‘ng‘irot, Taxtako‘pir, Ulug‘nor, Olot, Paxtakor, Namangan, Mingbuloq, Chust, Koson, Muborak, Dehqonobod, Urgut, Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Muzrabot, Xiva, Xonqa, Kitob tumanlari hamda Buxoro, Kogon, Samarqand, Angren, Bekobod, Olmaliq, Nurafshon, Urganch shaharlari, jami 26 ta soliq idoralari rahbarlarini ishdan olishga qaror qilindi, - deyiladi xabarda.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev osvobodil ot doljnosti 26 rukovoditeley nalogovix organov
Shavkat Mirziyoyev osvobodil ot doljnosti 26 rukovoditeley nalogovix organov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2023
Xabarda aytilishiga ko‘ra, bunga sabab ushbu shahar va tumanlarda soliq tushumlari kamayishi bo‘lgan. Xususan, daromad solig‘i to‘layotgan korxonalar soni 425 mingtani tashkil qilib, yil boshiga nisbatan 9 foizga kamaygan. Xususan ana shunday korxonalar soni Xorazm va Qoraqalpog‘istonda 20 foizga, Toshkent viloyatida 14 foiz, Buxoro, Samarqand va Namangan viloyatlarida 12 foizga kamaygan.

Bundan tashqari, majlisda Andijon va Sirdaryo viloyat soliq boshliqlari ham "budjet tushumlarini ta’minlash va tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun" ishdan bo‘shatilgani e’lon qilindi.

Majlisda ta’kidlanishiga ko‘ra, yil boshidan buyon umumiy soliq tushumlari 76,3 trillion so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 107,5 foizga o‘sgan bo‘lsa-da, bu Respublika salohiyatiga qaraganda kam.

“Lekin, bu mavjud salohiyatimizdan ancha kam. Tan olish kerak – kundan-kunga o‘sayotgan iqtisodiyotimizning samarasi budjet daromadlarida to‘liq ko‘rinmayapti. Bu borada tadbirkorlarni ayblab bo‘lmaydi. Buning uchun soliq idoralari o‘z dunyoqarashini o‘zgartirishi kerak.
Soliqchilar tadbirkorlarga pul undirish nuqtayi-nazaridan emas, balki ularni qo‘llab-quvvatlash orqali o‘stirib, soliq bazasini kengaytirish manbai sifatida qarashi zarur”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Bugungi kunda soliq tushumlarining 60 foizini Yirik soliq to‘lovchilar inspeksiyasi elektron tizim orqali joyiga chiqmasdan undirayotgani, lekin viloyat va tuman soliq xodimlari xotirjam bo‘lib o‘tirgani tanqid qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev osvobodil ot doljnosti 26 rukovoditeley nalogovix organov
Shavkat Mirziyoyev osvobodil ot doljnosti 26 rukovoditeley nalogovix organov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2023
Yangiliklar lentasi
0