Senatning qirq uchinchi yalpi majlisi 4-avgust kuni chaqiriladi

© Press-slujba Senata Oliy MajlisaOliy Majlis Senati
Oliy Majlis Senati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2023
Obuna bo‘lish
Navbatdagi majlisda senatorlar 10 dan ortiq masalalarni muhokam qilishni rejalashtirishgan.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining qirq uchinchi yalpi majlisi 4-avgust kuni chaqiriladi. Senat Kengashining navbatdagi majlisida tegishli qaror qabul qilindi.
Majlis videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladi.
Majlis kun tartibiga kiritilgan qonun hujjatlari:
“Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi;
“Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi;
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari tizimini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi ;
“Advokatura to‘g‘risida”gi qonunning 31-moddasiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi;
“Volontorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi;
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning 43-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish haqida”gi;
“Veterinariya to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi.
Yangiliklar lentasi
0